Asosiy mavzular
17 june 2025

TO‘PALANG DARYoSINING FOJIALI QISMATI

2024 yil avgust oyida Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani ekologiya bo‘limi boshlig‘i Usmonov Xayrullo To‘palang daryosining o‘zanida noqonuniy ravishda qum-tovon olib ketayotgan fuqarolar bo‘yicha birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirgan.

U O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, jumladan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasiga muvofiq o‘z vakolati doirasida chora ko‘rishi lozim edi. Lekin, nimagadir, u hech qanday chora ko‘rmadi. Nega?

Bu savolga javob yo‘q.

— Usmonov Xayrullo o‘z xizmat vazifasini bajarmayaptimi?
— Yoki ushbu qonunbuzarlikda o‘zi ham manfaatdormi?

Eng achinarlisi — To‘palang daryosining o‘zani noqonuniy qazishlar natijasida 10–15 metrga pasaygan. Bu o‘z navbatida yer osti suvlarining ham kamayishiga sabab bo‘ldi va natijada atrofdagi aholi suvsizlikdan aziyat chekmoqda.

Noqonuniy qum-tovon olish ishlari asosan tunda amalga oshiriladi. Sababi ma'lum: bu ishlar qonuniy emas. Ammo mas'ul shaxs — Usmonov Xayrullo — bunga ko‘z yummoqda. Bu — faqat befarqlikmi yoki korruptsiya ishorami?

Jamoatchilik bu holatga befarq bo‘lmasligi kerak. Davlat idoralari, ekologik nazorat organlari ushbu ishni sinchiklab o‘rganishi va javobgarlikni ta'minlashi shart.

To‘palang daryosining taqdiri — bu faqat tabiat emas, balki minglab insonlarning hayoti masalasidir.

Tag‘in o‘qing
7 march 2017
O‘tgan yili o‘lgan prezident Islom Karimovning haykali Toshkent, Samarqand va Qarshida o‘rnatiladi. Bundan tashqari marhum mustabid qabri ustiga maqbara ...
29 march 2022
“Usmonov AQSh va Yevropa Ittifoqidagi barcha aktivlarini do‘stlarining hisoblariga o‘tkazib qo‘ygan”. Gamburg rasmiylari asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasi ...
13 june 2022
Xavfsizlik xizmatlari jurnalistlarga ba'zi mavzulardan qochish va ayrim xabarlarni o‘chirtirish uchun tahdid qiladi, qo‘rqitadi va bosim o‘tkazadi. Bu maqola ...
16 january 2026
1992 yilning 16 yanvarida Toshkentning Talabalar shaharchasida stixiyali namoyish Islom Karimov buyrug‘i bilan shafqatsiz bostirilgan edi. Shu kuni men ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...