Asosiy mavzular
18 june 2025

Uzbek Forum So‘z erkinligiga oid xisobotini e'lon qildi

Bugun “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum” tashkiloti “Qora bulut: Mirziyoev O‘zbekistonida so‘z erkinligiga joy yo‘q” nomli hisobotni e'lon qildi.

Prezident Mirziyoev 2016 yilda hokimiyatga kelganidan so‘ng OAV sohasida ma'lum darajada erkinlik kuzatilgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda tsenzurasiz media, tanqidiy jurnalistika va onlayn faollik uchun mavjud maydon keskin qisqartirildi. Internet va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, kontent yaratuvchilar va blogerlarga nisbatan jinoiy javobgarlik va asossiz qamoq jazolari qo‘llanilmoqda.

Hisobotda 2022 yildan 2025 yil boshigacha bo‘lgan davrda 21 nafar jurnalist, bloger va internet foydalanuvchilariga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma'muriy va jinoiy ishlar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ular orasida “Prezidentni ommaviy axborot vositalarida yoki internet ommaviy tarmoqlarida haqorat qilish yoki tuhmat qilish” moddasi bo‘yicha ayblovlar ham mavjud bo‘lib, bu jinoyat ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Bu turdagi jinoiy ta'qiblar O‘zbekistonning xalqaro inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini buzib, ushbu keng ma'nodagi qonun bloglar, ijtimoiy tarmoqdagi postlar, suratlar, matnli xabarlar, videolar va hatto shaxsiy chatlarda yuborilgan audioyozuvlarga ham tatbiq etilmoqda. Qonunning noaniqligi bois prezidentni haqorat qilish bilan uni tanqid qilish o‘rtasidagi farq deyarli yo‘qqa chiqmoqda. Natijada, internetda joylashtirilgan deyarli har qanday bayonot niyatidan qat'i nazar haqorat yoki hurmatsizlik deb baholanishi mumkin.

Bu holat ijtimoiy tarmoqdagi erkinliklar uchun xavfli muhit yaratdi va jurnalistlar, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qo‘rquv muhitini yuzaga keltirdi.

Berlin, 2025 yil 18 iyun

Tag‘in o‘qing
7 march 2018
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi. Bir dona orxideya guli ...
11 august 2021
“Xiva shahri – turk dunyosi poytaxti” dasturi doirasida Turkiyaning Nevshehir viloyati hududida joylashgan O‘rtahisor yoki boshqa nomi Kapadokiya shaharchasida ...
1 october 2016
O‘zbekistonning bir qancha viloyat va tumanlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda bu yil 18 yoshga yetmagan bolalar paxtaga chiqarilganini eltuz.com o‘z manbalari ...
7 january 2020
Markaziy Osië arxeologiyasi va me'moriy restavratsiyasi asoschisi Mixail Masson tug‘ilganiga 2017 yilning dekabrida 120 yil to‘ldi. Biroq Arxeolog izlanishlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...