Asosiy mavzular
5 july 2025

Ayollar qamoqxonasi: inson qadri va qonunchilik

Bundan bir yil muqaddam — mustaqillikning 33 yillik tantanalariga bong urilganda prezident Shavkat Mirziyoev:

“Barcha islohotlarning ruhi va mazmuniga “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan ezgu g‘oya chuqur kirib bormoqda”

– dedi.

Yangi O‘zbekistondan yangragan bu saslar o‘shanda Zangiotadagi ayollar koloniyasidan Jasliq vayronalariga qadar yetgan. Biz-ku ozodlikdamiz, harqalay, mahkum va mahkumalarga chandon umid baxsh etgan bu ilhombaxsh so‘zlar.

Zangiotadagi ayollar qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotgan andijonlik ta'lim muassasi xodimasi U.D. bizga yo‘llagan maktubida o‘shandan beri kitob o‘qishi, muassasaning madaniy oqartiruv ishlarida faolligi, tibbiy xizmatga muhtoj bo‘la turib, yetarlicha davo choralari ololmayotgani, manzil koloniyaga chiqish muddati kelganiga qaramay o‘ziga salbiy xulosa berilayotganini ta'kidlaydi.

Shikoyatni, hujjatlarni va hatto jinoyat ishini o‘rgandik, mahkuma allaqachon Prezident ilgari surayotgan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan ezgu kontseptsiya shafoatiga noi l bo‘lishi mumkin edi. Ammo unga shifoxonaning tibbiyot bo‘limi xodimlari: “Sen o‘lsang, narxig 72 ming so‘m” deya qog‘ozbozchilik xarajatlarini pisanda qilibdi. Ayol emasmi, bu «lutf»dan ruhan singani sobiq pedagogning ahvolini yomon deyishmoqda.

Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida saqlanayotgan mahkum ishi bilan jamyatimiz faoli Zarif Mirzaaxmedov shug‘ullanmoqda. Mahkumaning advokati Xurshida Nasretdinovaga ko‘ra, mahkumaning manzil koloniyaga chiqarilishi sun'iy ravishda cho‘zilmoqda. Jamiyatimiz O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED ma'muriyatini qonunga rioya qilishga chaqiradi. 

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati

Tag‘in o‘qing
5 april 2021
Muhtaram o‘quvchi, sizga bundan 38 yil oldin yuz bergan voqealarni gapirib beryapman. 38 yil oldin Ahmadshoh Mas'udning yashirin istehkomlaridan ...
5 august 2022
Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 avgust kuni zavod ishchilaridan biri bo‘lgan ...
17 december 2025
Taniqli turk yozuvchisi va tadqiqotchi O‘g‘uz Chetino‘g‘li o‘zbek adibi va muxolifat yetakchisi Muhammad Solihning «Vodiyda o‘lish taqiqlangan» kitobiga taqrizini ...
29 march 2018
Farg‘onada eshaklar ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish qilingan, hali aybi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...