Asosiy mavzular
6 july 2025

RADIKAL TARG‘IBOT UChUN 56 MILLION SO‘M JARIMA

Urgutlik 29 yashar fuqaro Ikramov Zafar Hakim o‘g‘li radikal mazmundagi diniy materiallarni tarqatgani uchun ikkinchi bor javobgarlikka tortildi.

Ikramov Zafar – 4 bolaning otasi, hech qaerda ishlamaydi. Radikal mazmundagi diniy materiallarni tarqatgani uchun besh «minimalka» jarima bilan jazolangan.

Ogohlantirish va nisbatan yengil jazodan keyin ham Ikramov Zafar keskin targ‘ibotda davom etdi. YouTube’ da tarqatgan videolari asosan Abdulloh Zufar va Ahluddin Navqotiyga tegishli. Diniy ekspertizada bu kontent e'tiqodiy toqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, o‘zga dinlarni kamsituvchi, aqidaparastlik deb baholandi.

Samarqand tuman sudi Ikramov Zafar Hakim o‘g‘liga 56 million 250 ming so‘m jarima jazosini tayinladi. Havaskor rijol shu paytgacha eplab 4 bolasini boqmagan bo‘lsa ham, ana endi jarima to‘lash uchun telefonni yig‘ishtirib qo‘yib ishlaydi.

Tag‘in o‘qing
8 june 2021
Imtiyozli kredit ajratilishiga yordam so‘rab, 2 iyun kuni Koson tumani hokimligiga borgan ikkinchi guruh nogironi, 35 yoshli Dilshod Otaev ...
7 november 2017
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi internetdagi «ichki ishlar idoralari obro‘sini to‘kuvchi» ma'lumotlarni ...
7 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 25-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
26 october 2023
Bundan 6 yil avval ya'ni, 2017 yilning 24 iyulida 60 yoshni qarshi olgan prezident Shavkat Mirziyoevning tug‘ilgan kuniga sovg‘a ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...