Asosiy mavzular
24 july 2025

Shuhrat Bobojon tug‘ilgan kun 

Bugun Shuhrat Bobojon tug‘ilgan kun. U nafaqat rassom, jurnalist, muxolifat faoli yoki yozuvchi, balki buyuk g‘oyalar asoschisidir. Uning tashabbusi bilan Toshkentda shoir Rauf Parfiga haykal o‘rnatildi, uning tashabbusi bilan yo‘qolgan san'at durdonalari O‘zbekiston muzeylariga qaytarildi, uning tashabbusi bilan «Yuzuk» tashkilotiga asos solindi.   

«Urug‘ unib chiqishi uchun unumdor tuproq kerak.  Bolalikda o‘qigan kitoblarim bo‘liq tuproq kabi meni unib o‘stirdi. To‘rtinchi sinfda Mopassanning «Azizim» romanini o‘qib o‘tirganimni ko‘rib o‘qituvchi Norjon opa hayron bo‘luvdi, «bolalar shu kitobni o‘qiydimi» deb. Bolalar ë kattalar uchun kitob yo‘q. Yaxshi kitob va ëmon kitob bor. Men yaxshi kitoblarni o‘qiganimdan minnatdorman. 20 yil oldin bu kitoblar Urganchdagi ustaxonamda turgandi. 20 yil asrab avaylangan kitoblar muzey kutubxonasidan o‘rin oldi. Bu kitoblarni bo‘lajak rassomlar o‘qishini istardim» degan edi. u «Yuzuk» tashkiloti taqdimotida.

Shuhrat Bobojon 1963 yilda Xorazmda dunyoga keldi

1984 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat instituti badiiy grafika fakultetini tamomladi.

Chingiz Axmarov, Malik Nabiev, Yanis Salpinkidi, Isfandiër Haydarov, Ro‘zi Choriev, Abdumo‘min Boymatov va Shavkat Abdusalamov kabi atoqli rassomlar qo‘lida saboq oldi.

Institutni tamomlagach, Urganch shahar suratlar galereyasida bosh muhofiz sifatida ishladi va zamonaviy rangtasvir asarlarini to‘play boshladi.

1986 yilda “Xufiyona bo‘sa” suratini Moskvadagi “Pokazыvayut molodыe” ko‘rgazmasiga qo‘ydi.

Ushbu kartina 1987 yilda Tokiodagi ko‘rgazmada Yaponiya San'at Akademiyasining oltin medaliga sazovor deb topildi.

Ayni yili Shuhrat Bobojon Sovet Ittifoqi rassomlar ittifoqiga qabul qilindi.

Rassom “Ming bir kecha” nomi ostida fantastik sharqona realizm janrida suratlar yaratdi.

1988 yilda sharqiy Olmoniyadagi Reclam nashriyoti tomonidan chop etilgan o‘zbek xalq ertaklari kitobiga suratlar chizdi.

2010 yilda esa Shuhrat Bobojon Bryussel shahrida Andijondagi xunrezliklarning besh yilligi munosabati bilan “Andijon yomg‘iri” qum kompozitsiyasini namoyish etdi.

Shuhrat Bobojon nafaqat rassom, balki muxolifat faoli va jurnalist sifatida ham tanilgan.

Tag‘in o‘qing
4 october 2017
4 oktyabr kuni tushdan keyin 67 yoshli mahkum jurnalist Solijon Abdurahmonov Qarshidagi Shayxali qamoqxonasidan ozod etildi. Foto: Huquq faoli ...
5 august 2018
Rassom Elsevar O‘zbekistonning yo‘lovchi-mijozlarga xirapashshaday yopishuvchi taksichilarini hajv qiladi. Rassom Elsevar 6 yanvar 2016 yil Eltuz.com
3 may 2022
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida kutubxona qurish uchun olingan yer maydonlarini o‘zlashtirishning ...
18 february 2020
«2017 yil yanvar oyida, ya'ni mening ozodlikka chiqib ketishimga sanoqli kunlar qolganida, biz oxirgi marta uchrashib suhbatlashdik. Bizning bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...