Anons
8 august 2025

Muhtaram akademik Ne'matulla Ibrohimovga tabrik!

Bugun yurtimizdagi ilmiy jamoatchilik uchun katta to‘y — buyuk sharqshunos, akademik, qomusiy olim, ma'naviyat fidoyisi Ne'matulla Ibrohimovning 80 yoshga to‘lgan qutlug‘ sanasi.

Eltuz tahririyati nomidan Sizni chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!

Siz o‘z umringizni ilm-fanga, ma'rifatga va inson tarbiyasiga bag‘ishlagan ulug‘ ustozsiz. Sizning sharqshunoslik sohasiga qo‘shgan ulkan hissangiz, yurtimiz ilm-ma'rifat rivojida beqiyos o‘rin tutadi. Ilmiy izlanishlaringiz, kitob va tadqiqotlaringiz kelajak avlodlar uchun ham mustahkam ilmiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkentdagi Sharqshunoslik instituti rahbari sifatidagi faoliyatingiz davrida minglab shogirdlar yetishib chiqdi, yurtimizda ma'naviy tiklanish va ilm tarqalishi yo‘lida beqiyos xizmat qildingiz.

Sizga sihat-salomatlik, tinch va fayzli hayot, yana ko‘plab ilmiy zafarlar tilaymiz.

Hurmat va e'tirof ila,

Eltuz tahririyati

Tag‘in o‘qing
10 april 2025
Zamonaviy o‘zbek romanchiligi va satira janri asoschisi Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 10 aprelda Toshkentda tug‘ildi. «Har holda bemavridroq ...
16 march 2020
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
5 january 2026
1919 yil 5 yanvarda Myunxendagi «Shiber» pivoxonasida sodir bo‘lgan voqea kichik bir siyosiy guruhning yig‘ilishidek ko‘rinsa-da, aslida u insoniyat ...
12 january 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek tilida tarjima qilib chop ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...