Asosiy mavzular
15 august 2025

FITODIABETIC – QAND KASALINING MUTLAQ DAVOSI EMAS

O‘zbek mediyasida yangi «mo‘jizaviy» dori reklamasi urchidi. Milliy drama teatri aktyorlaridan tortib, bit tanimas blogerlar ham zo‘r berib Fitodiabetik taqdim etgan Diabet damlamasini reklama qilmoqda. 

Bu damlama 2 million 200 ming so‘m turadi. Eltuz Fitodiabetik firmasi bilan bog‘lanib noqulay savollarni qalashtirdi. Olgan javoblarimiz qisqa mazmuni esa quyidagicha:

1. Damlamaning shifoli ta'siri hech qanday klinik tekshiruvlar bilan tasdiqlanmagan;

2. Fitodiabetik firmasining yuridik manzili noaniq;

3. Firma savdo aylanmasi oshkora emas. Zahardek qimmat dori savdosidan davlatga qancha soliq kelib tushishi noma'lum;

4. Damlama reklamalarida Balzak yoshidan oshgan artis xotin-xalaj, Payg‘ambar yoshiga yetgan hojakalar qatnashmoqda. Xo‘sh, bu kampaniya uchun kim katta mablag‘ tikkan? 

Mediani saralash ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan lo‘xlar esa qarz, kredit havola qilib diabet damlamani sotib olayotir. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada biror bayonot bermadi. Balki katta reklama kampaniyasi uyushtirgan «tadbirkor» va vazirlik orasida manfaatlar to‘qnashuvi bordir? 

Eltuz diabet bemorlarga eslatib o‘tishga mas'ul  hech qaysi fito damlama qand kasalini yo‘q qilib yubormaydi. Faqat kompleks va muntazam davo kurslari olib, qat'iy dietaga amal qilish shart.

Tag‘in o‘qing
15 november 2025
Farg‘onada jinoyatchilikka moyilligi sabab tekshirilgan fuqarolarning uyidan 16 kilodan ortiq narkotik topildi. Tadbir davomida jami 138 dona kuchli ta'sir ...
26 october 2020
Ko‘raëtganingiz Afg‘oniston ëki Somalidagi maktab emas. Bu 2020 yilning oktyabr oyida o‘zbek o‘quvchilari ta'lim olaëtgan maktab.  Ijtimoiy medianing o‘zbek ...
29 july 2018
O‘zbekistonda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist va sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon o‘zbek turmasidagi hayotiga bag‘ishlangan birinchi kitobini ...
23 december 2016
Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Munisa Rizaeva haqidagi chiqishi yuzasidan yozilgan tanqidiy munosabatga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...