Asosiy mavzular
26 august 2025

Ota-onasini ko‘rgani kelgan qiz uydagi mehmonni pichoqladi

25 yashar Hoshimova Sevaraxon Abdulmo‘so qizi ota-onasini ko‘rgani Quvaga keldi. Sevara ota-enasining diydoriga to‘yib, bo‘kib araq ichib uxlab qoldi. 

Kechasi hojat uchun uyg‘ongan qiz yo‘lakda mehmon A.Xusaynovga to‘qnash keldi. Mastlikda mehmonga qo‘pollashib, janjal ko‘tardi. So‘ng mehmon tegajoqlik qildi deya unga pichoq bilan tashlandi.

Lekin A.Xusaynov Sevaraga tegajoqlik qilmagan, u Rossiyaga ketish oldidan xotini bilan shu xonadonda vaqtincha yashab turgan. 

Mehmon yigit yelkasi va qornidan pichoq yedi. Uning jarohatlari hayot uchun xavfli deb belgilandi. Quvasoy shahar sudi mehmonga pichoq bilan tashlangan mezbonni 5 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. 

Qiz qamag‘da, uning ikki bolasi bobo-buvi qaramog‘ida.

Tag‘in o‘qing
4 december 2019
O‘zbekiston prezidenti 3 dekabr kuni qabul qilgan Tojikiston prezidentining katta o‘g‘li Rustam Imomali Shavkat Mirziyoevga otasining «salomi va eng ...
18 december 2025
«Miss Finlyandiya» tanlovi g‘olibi Sara Jaftse noyabr oyi oxirida ko‘zlarini qisib tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. «Men xitoyliklar bilan ...
1 june 2024
Bir narsadan bir narsani olsang, undan baribir qandaydir iz qoladi¸ lekin so‘z erkinligidan nimanidir olsang, uni cheklasang, undan hech ...
23 march 2020
Koronavirus chiqqani ortidan tualet qog‘ozi talamon bo‘ldi. Rassom Kirpidan pandemiya mavzuiga oid yangi karikatura. Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...