Jahon tillari universitetida yana kadrlar mojarosi
Universitetlar orasida Eltuz xit paradining mutlaq yulduzi bo‘lgan O‘zbekiston jahon tillari universiteti masalasiga qaytamiz.
Talabaga shilqimlik qilgan zamdekan Sunnat Bozorov o‘z o‘rnida qoldi. Talaba qiz – «aybdor». Bu haqida Eltuzga zamdekan Sunnat Bozorovning seksual xarrasmentiga duch kelgan boshqa bir necha talaba qizlar ma'lum qildi.
Shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurash bahonasida rotatsiya qilingan tyutorlardan ayrim erkatoylar o‘z joyida qolgan. Rotatsiyadan omon qolgan tyutorlar boshqalarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. O‘z o‘rnida qolishning sinoati nimada? Korruptsiya tizimining bir bo‘g‘imi bo‘lishdami yoki qudratli «tankalarda»?
Eltuzdan ashi tyutorlarga o‘git: kim rotatsiyadan qo‘rqib eski joyiga qaytgan bo‘lsa shu kadr katta ehtimol bilan g‘irt savodsiz yoki yulg‘ich bo‘ladi. Unutmang, muttahamlar orasida o‘zaro tortishish kuchi bor – ularni ming karra tarqatib yuborilsa ham, yana eski pora o‘chog‘iga qaytib olaveradi.
Talaba qizlarga esa xavfsizlik bo‘yicha maslahat: Sunnat Bozorov kabi shilqimlarni boshliqlar sevadi. Ular osonlikcha yo‘q bo‘lmaydi. Shunday ekan ehtiyotingizni qiling – shilqim ma'muriyat bilan gaplashayotganda xona eshigi doim ochiq bo‘lsin. Diktofonni yoqib qo‘ying. Imkon qadar yashirin kamera bilan qurollaning. O‘zingizni o‘zingiz himoya qilmasangiz hech kim yordam berolmaydi.
