Asosiy mavzular
6 october 2025

Bog‘otda kumir mafiyasi o‘zini ko‘rsatdi

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida xalq qish sovug‘idan ko‘ra tuman ko‘mir omborini nazorat qiluvchi guruhning sovuqqonligiga chidamaydi. 2025 yil 4 oktyabr kuni tumandagi omborga kelgan to‘rtta vagondan biri ochiqchasiga, xalq ko‘zi oldida xususiy yuk mashinasiga yuklab, “Yangiariq tumani uchun” degan bahona bilan olib ketildi. Qolgan ko‘mir esa Hazorasp va Xonqa tumanlariga, xususiy shaxslarga bozor narxida sotildi. Ammo bog‘otliklar uchun mo‘ljallangan ko‘mir bir gramm ham qolmadi.

70 tonna ko‘mir 70 oilani qishdan olib chiqishi mumkin edi. Lekin bu ko‘mir mutlaqo boshqa tomonga burildi. Tumanda o‘zini ko‘mirning egasidek tutayotganlar bor. Ulardan biri bu yilning boshida o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgan, sudlangan. Ammo shunday shaxslar yana omborga qaytarildi va barcha nazorat yana o‘sha qo‘llarga topshirildi. 

Omborga kelgan 30 ga yaqin vagonning faqat 10-15 tasi xalqqa berildi. Qolgani xususiy omborlarga kiritildi va 1000 so‘mlik ko‘mir 1400 so‘mga sotila boshlandi. 

Tumandagi ombor 10 yildan ziyod vaqtdan beri S.Q., Sh.Q. va S.Q. degan tanish ismlar bilan bog‘liq. Ular ko‘mirni hech qanday qonuniy asossiz nazorat qilib kelmoqda. Elektron navbat, MyGov orqali olingan ruxsatnoma, hech biri yordam bermayapti. Ombor oldida 30 ming so‘mga yuklatish “uslugi”, 100 ming so‘m bersang “yaxshilab yuklab beramiz” degan ochiq talab.

Yuklash vaqtida esa eng yirik, sifati yaxshi ko‘mirlar maxsus 20 tonnali mashinaga ajratilib, yana o‘sha xususiy omborga ketadi. Yaqinda tayinlangan yangi rahbar esa qo‘g‘irchoq. Qaror qabul qila olmaydi, sobiq rahbarlardan qo‘rqadi. 

Omborga faqat to‘rtta xususiy Isuzu avtomashinasi navbatsiz kira oladi. Ularning biri ombor rahbariniki, biri o‘ziniki, qolgan ikkisi “do‘stlariniki”. 

Eng xunuk holat – pasportga bir tonnadan ortiq ko‘mir olsangiz, ikki barobar haq to‘lashingiz shart. Ham ochiq talash, ham qora bozor, ham ko‘r-ko‘rona boshqaruv.

Xalq bunaqa omborga emas, bunaqa mafiyaga qarshi. Agar O‘zbekko‘mir AJ rahbariyati va tegishli idoralar shoshilmasdan harakat qilsa, xalq o‘z chorasini ko‘radi.

Tag‘in o‘qing
4 october 2023
Kattaqo‘rg‘onlik 49 yashar Sodiqjon Yusupovich Muhammadiev tarqatgan diniy mazmundagi videolarni  muhokama qilganlar tekshirilmoqda. Hozir Sodiq Samarqandiy taxallusi bilan Turkiyaning ...
18 october 2025
O‘zbek Kamila Mahmudova Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) banki moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi. U 2007 yildan beri RBI`da ishlab ...
22 march 2021
O‘zbekistonda strategik ahamiyatdagi yirik korxonalarni oligarxlarning shubhali kompaniyalariga ishonchli boshqaruvga berish amaliyotining misi chiqdi. Hukumat yaqinda ularning biri bilan ...
28 july 2025
26 iyul kuni Buxoroda soliq inspektori 400 AQSh dollari pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.  U tezkor tadbir davomida DXX ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...