Asosiy mavzular
7 october 2025

G‘azg‘onda hokim granit emas, taqdirlarni toshga aylantirayapti

O‘zbekiston prezidenti xalq farovonligi, kambag‘allikka barham berish va ishsizlikni yo‘qotish uchun kunu-tun harakat qilayotgan bir paytda, ba'zi mahalliy rahbarlar aksincha yo‘l tutmoqda. Shu «o‘zboshimchalik»ning yaqqol namunasi — G‘azg‘on shahar hokimi Jo‘raev Norali.

Tadbirkorlardan homiylik niqobi ostida resurs so‘rib olish, shantaj va manfaat talashishgacha borgan bu amaldor haqida jonli faktlar bor.

Gap shundaki, G‘azg‘onda faoliyat yuritayotgan “Marmar Obod” MChJ rahbari hokim tomonidan bosim va tahdidlar ostida qolgan. Natijada korxona 6 ming kvadrat metr granit plitani “homiylik asosida” topshirishga majbur bo‘lgan.

Ushbu granit plitalarning:

– 2500 m² qismi G‘azg‘on shahar yo‘laklariga yotqizilgan;

– 3500 m² qismi esa hokimning o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qiziltepa tumani, Toshrabot qo‘rg‘onidagi masjidga «hadya» qilingan.

Bu granitning umumiy qiymati taxminan 500 million so‘m. Ammo e'tibor bering: bu oralarda “Marmar Obod” MChJda 160 nafar ishchi-xodimga bir necha oydan beri maosh berilmayapti. Korxona pul yo‘qligidan faoliyatini to‘xtatdi. 160 oila nonsiz qoldi.

Investor jalb etish, ish o‘rinlari yaratish kerakmi? Yo‘q, hokimga keragi yo‘q. Uning e'tibori o‘z qishlog‘iga plitalar yuborishda, o‘z manfaatini ko‘zlashda. Pul? — Tadbirkordan. Homiylik? — Qog‘ozda. Ishchilar? — O‘zini qutqarib olsin.

Bu rasman korruptsiya. Bu — to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolatni suiiste'mol qilish. Bu — xalq hisobidan o‘zini to‘ydirish.

Bunday hokim bilan tegishli organlar shoshilmasdan emas, shoshilib shug‘ullanishi shart.

160 nafar ishchi, ularning farzandlari, kelajagi to‘g‘risida kim o‘ylaydi?

Granit plita uchun og‘ir mehnat qilganlar oxiri go‘yo «granit tobut» ichida qoldi.

Eltuz bu voqeani kuzatib boradi. Haqiqatni gapirishdan to‘xtamaymiz.

Agar sizda ham shunday holatlar bo‘lsa — bizga yozing. Suiqasdlar, shantaj va soxta homiyliklar fosh etilishi kerak.

Tag‘in o‘qing
16 october 2018
Urganch tumani hokimi Otabek Bekchonov 15 oktyabr kuni ishdan olindi. Uning ishini hozirgi paytda hokimlik mulozimi Qudrat Rajabov vaqtincha ...
31 december 2018
2018 yil 31 dekabr kuni O‘zbekiston, Kanada, Shvetsiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Turkiya va Amerikadan turib 12 nafar o‘zbek vatandoshi prezident ...
4 january 2025
2024 yil dekabr oyida O‘zbekiston fuqarosi S.R. Turkiyaning mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan yashash joyidan ushlanib, Maltepe qamoqxonasiga olib ketilgan ...
21 may 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining olinchi qismini taqdim etadi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...