Asosiy mavzular
9 april 2021

Kaltaklangani ortidan o‘ligi chiqqan shovotlik kelin mavzusini prokuratura nazoratga oldi

Bundan 9 kun oldin muttasil kaltaklash ortidan molxonada osilgan holda topilgan homilador kelin Muxlisa Qadamboeva mavzusi 9 aprel kuni Shovot tumani hokimligi va IIB xodimlari tarafidan muhokama qilingan.

8 aprel kuni «Ozodlik» radiosi Xorazm viloyati Shovot tumani Katqal'a qishlog‘ida bundan 6 oy oldin turmushga uzatilgan 19 yoshli Muxlisa Qadamboeva 1 aprel kuni erining uyidagi molxonada osilgan holda topilgani haqida ëzgan edi.

«Ozodlik» Muxlisaning o‘limidan oldin kaltaklanganini va jasad sud tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilgan bo‘lsa ham hanuz oila a'zolariga ekspertiza xulosasi berilmagani borasida qarindoshlar gapiga minbar bergan edi.

9 aprel kuni «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, hodisa yuzasidan viloyat prokuraturasi tergovgacha surishtiruv o‘tkazgan va bu mavzu xalqaro matbuotga chiqqani ortidan hodisani qayta nazoratga olgan.

«Eltuz» suhbatlashgan prokuratura vakiliga ko‘ra, ushbu hodisa Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan malakalanishi mumkin.

Voqea yuzasidan huquqshunos Musa Azim Xudoyberdiev «Eltuz»ga izoh berdi: «O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, aynan ayolar huquqiy himoyasiga e'tiborsizlik, yosh oilalarning buzilishi o‘zbek qizlarining mardikor va fohisha bo‘lishiga zamin yaratdi.

Sud amaliyotiga nazar tashlasak, aynan prokuratura tizimi ayollarning huquqini poymol qilishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. 9 kun oldin marhuma, Xorazm viloyati Shovot tumani sobiq Leninizm qishlog‘ida yashovchi homilador Muxlisa Qadamboevaning tan jarohatlari bilan, kiyimlari yirtilgan, murdasi osilgan holda topilishi, ayollarni qasddan o‘ldirilishi qonun oldidagi javobgarlikni istisno etadi shekilli.

Amaliyotda korruptsiya borligi sabab bu kabi jinoyatlar ochilmay qolmoqda. Yana sud amaliyotiga nazar tashlasak, qasddan odam o‘ldirish JKning 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Hozir prokuratura tizimi poraxo‘rligi sabab aynan ushbu holatdagi o‘lim nari borsa o‘zini o‘zi o‘ldirish deb baholanadi.

Barchaning e'tibori marhuma Muxlisa Qadamboevaning tan jarohatlari bilan osilgan holdagi murdasi topilganligi bo‘yicha olib borilayotgan surushtiruv, tergov jarayoniga qaratilishini so‘rayman. Marhumaning o‘limi yuzasidan Shovot tumani prokuraturasi qay darajada savodsizligini va prokuratura tizimi qanchalik chirib, harom bo‘lganini shunga o‘xshash ishlar bilan isbotlab beraman. Xulosa qilishga balkim ertadir, lekin bu holat mamlakatdagi huquqiy ahvolga ko‘zgu tutdi».

1 aprel kuni osilgan holda topilgan Muxlisa Qadamboeva o‘limidan oldin feysbukdagi dugonasiga qattiq kaltaklanganini ëzgan.

Ma'lum bo‘lishicha, homilador kelinni qaynotasi, qayin ukasi, qaynonasi va Murod degan eri ikki kun davomida nega qo‘shnidan 5000 so‘m qarz olding, deb urishgan. Kelin bu arzimas pulni ammasining uyiga borishga yo‘lkira uchun qarzga olgan. Bu kelin tikuv mashinasida ko‘rpa-to‘shak tikkan, topgan hamma pulini qaynotasi olib qo‘ygan.

Otasi qozoqda ishlab olib bergan telefonini ham qo‘lidan tortib olishib, uyda ishsiz o‘tirgan qayin ukasiga berishgan.

Muxlisaning dugonalari «Eltuz» bilan suhbatda «Bu aël taëqlar zarbiga chiday olmay o‘zini osgan», deyishdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 april 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Jizzax, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun kanalimizga obuna bo‘lish, layk bosish ...
2 october 2019
Farg‘ona viloyati hokimining inson huquqlarini buzishga qaratilgan xatti-harakatlari ortidan O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi buning natijasida jabr ko‘rganlarni ...
1 march 2018
Prezident Mirziyoev 27 fevral kungi selektor yig‘ilishida «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat shirkatini meva-sabzavot eksporti rejasini bajarmaganlikda ayblab tanqid qildi. Prezident tanqidi ...
12 september 2023
Joriy yilning 6 sentyabr kuni Mo‘ynoqda chorvachilikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan Chorva Mo‘ynoq Bosh direktori Polvonnazar Rahimovning Qoraqalpog‘istondagi rasmiylar sansolarligi va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...