Asosiy mavzular
11 october 2025

Behzod Musaev o‘z tanqidchisini 100 millionga sotib oldimi?

O‘zbekistondagi eng og‘riqli masalalardan biri — tashqi migratsiya. Chet elda, ayniqsa Rossiya kabi davlatlarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz turli qiyinchilik, kamsitish va xo‘rlanishlarga duch keladi. Ular muammolarini yoritadigan mustaqil OAVlar esa juda kam. Shu paytgacha migrant.uz sayti shular orasida bir oz ovoz chiqaradigan maydon bo‘lib kelgandi.

Biroq saytning oxirgi paytlardagi faoliyati jiddiy savollar tug‘diradi. Ilgari migrantlarning haq-huquqini himoya qilishni da'vo qilgan platforma bugungi kunda Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musaevning piar markaziga aylangandek. 

Qanday qilib, kechagina davlat tizimini tanqid qilgan sayt birdaniga pozitsiyasini o‘zgartirdi? Bu savol ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy. Chunki mustaqil jurnalistikaning eng muhim mezonlaridan biri — davlat idoralari bilan masofani saqlash va jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. 

Agar media bir mansabdor shaxsning “shaxsiy ogorodiga” aylansa, demak undan mustaqil axborot kutish mushkul.

migrant.uz saytining asoschisi, o‘zini migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert sifatida ko‘rsatadigan Botir Shermuhammad Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan. 

Shartnoma qiymati — 100 million so‘m, bu kelishuv tendersiz, ochiq tanlovsiz amalga oshirilgan. Musaev o‘zi piar qilingan xar bir maqola uchun Botir Shermuhammadga 5 million so‘mdan to‘laydi, deya iddao qiladi Eltuz insayderlari.

Jamiyat uchun eng muhim sohalardan biri — mehnat migratsiyasi. Bu masalada OAVlarning asosiy vazifasi — muammolarni ko‘tarish, yechim talab qilish va jamoatchilik ovozini yetkazishdir. 

Agar bu sohadagi sayt mansabdor shaxslarning piar mashinasiga aylansa, yurtdoshlarimizning haqiqiy muammolari soya ostida qoladi. 

Demak, bu yerda savol ochiq qoladi: mustaqil axborot maydoni pul evaziga “sotib olinishi” mumkinmi?

Tag‘in o‘qing
4 september 2017
O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Muhammad Solihning o‘zi Eltuz muxbiriga aytib berdi. Solihga ...
7 april 2023
Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari ...
1 april 2015
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekiston mustaqilligi arafasida mamlakat aholisi prezident siyosatini to‘liq qo‘llab quvvatlashini bildirdi, balki yetar… ...
1 june 2018
Shved sudi 31 may kuni terror hujumi tayyorlashda gumon qilingan yana bir o‘zbekni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Stokgolmning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...