Asosiy mavzular
21 october 2025

Qorako‘lda 1,8 milliard so‘mlik ta'lim pul qaerga «uchdi»?

Buxoro viloyatida ta'lim sohasidagi korruptsiya shunchalik ko‘paydiki, “o‘rganib qoldik” degan kayfiyat ham hukm sura boshladi. Ammo har safargi kabi, yana bir tuman — Qorako‘lda yuz bergan moliyaviy mojaro xalq pulining qanday va kimlar tomonidan o‘zlashtirilayotganini ochiq-oydin ko‘rsatmoqda.

Hozirda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasini boshqarayotgan Elliev Hamza Quvvatovich 2025 yil 22 maygacha Qorako‘l tumani ta'lim bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Shu kuni oddiy yuzaki audit o‘tkazilgandayoq milliardlab so‘mlik “qora tuynuk” ochildi. Bu faktlar davlat mablag‘ining qanday holda “yo‘qolishi” mumkinligini teoriyada emas, amaliyotda ko‘rsatadi.

2023 yil sentyabridan 2024 yil fevraligacha xodimlarga Hamza Ellievning buyrug‘i asosida 61 million so‘mdan ortiq moddiy yordam noqonuniy to‘langan. Bu — faqat “start”. 27-maktabda 34 nafar xodim 241 million so‘mlik naqd pulni umuman olmaganini tasdiqlagan. Ular pulini kim oldi? Hech kim bilmaydi. Bu pullar juda “tajribali” qo‘llar tomonidan o‘zlashtirilgan. Ushbu maktabning o‘zida 2018 yildan 2025 yilgacha yana 460 million so‘mlik ish haqi ham bankdan olib, lekin ishchilarga berilmagan.

Yolg‘on imzo, ishlamagan xodimlarga maosh, ortiqcha dars soatlari yozish, ta'til pullarini sun'iy ko‘paytirish, soxta sertifikatlar, noto‘g‘ri rag‘batlantirishlar — barchasi bir tizimli sxema. Masalan, 2 nafar xodim nomidan soxta imzo qo‘yilib, 3 martada 3,6 million so‘m naqd pul o‘zlashtirilgan. 27 va 34-maktablarda umuman ishlamagan xodimlarga 78 million so‘mga yaqin maosh berilgan. 54 nafar xodimga mehnat ta'tili puli sun'iy ko‘paytirilib, 49 million so‘m to‘langan.

Bunday manzara faqat maktablar emas. Bog‘chalarda ham bundan farq qilmaydi. Bajarilmagan ish uchun 32 martada 11 million so‘mdan ortiq mablag‘ berilib yuborilgan. 437 ta holatda rayon koeffitsienti noto‘g‘ri hisoblanib, 63 million so‘m o‘zlashtirilgan. Hayfsan olgan xodimlarga ham mukofot berilgan. Bu mutlaqo qonunga zid. So‘nggi chekka esa: bog‘cha bolalari uchun olinadigan ota-ona to‘lovi — 214 million so‘m — hech qanday hisob-kitobda yo‘q.

Qo‘shib hisoblanganda 1 mlrd 820 mln 243 ming 688 so‘mdan ortiq mablag‘ aniqlangan. Aniqlangan, ammo qaytarilmagan. Na prokuratura, na moliya, na boshqa nazorat organlaridan chora ko‘rdi. Chunki bu pullarni o‘zlashtirgan shaxs — bugungi viloyat ta'lim boshqarmasi rahbari. Hamza Quvvatovichning o‘zi. U bugun ham tizimda, ham kerakli joylarda “masalani yopish” bilan band.

Korruptsiya faqat Qorako‘lda emas. Hozirgi kunda Buxoro shahri, Kogon, G‘ijduvon, Shofirkonda ham ushbu sxemalar takrorlanmoqda. Hamma jim. Prokuratura va Departament “impotent tashkilot”ga aylangan — qonuniy chora emas, jim-jimlik va kuz yumuvchilik bilan band. Bu faqat bir tumanda 1,8 milliard so‘m. Viloyat bo‘ylab qancha ekanini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Tag‘in o‘qing
15 april 2016
“Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a'zolik” kabi bir biridan vaximali moddalar bilan ayblangan “Aramais va ...
6 september 2025
4 sentyabr kuni soat 16:07 da Baxmal tumani, «Qutlug‘obod» MFY Yo‘ldoshboy qishlog‘ida yashovchi yosh bola ehtiyotsizlik oqibatida hojatxona chuquriga ...
18 may 2022
Yaqinda “Eltuz”da Namangan viloyati soliq tizimidagi korruptsion holatlar haqida e'lon qilingan maqolaga mamlakatning tegishli huquq-tartibot idoralari e'tibor qaratmadi. “Eltuz” ...
13 march 2017
Marxum prezident Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish qarorini izohlashni so‘rab, Eltuz nashri jamiyatshunos olim Baxodir Musaevga murojaat etdi. Bundan ilgari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...