Asosiy mavzular
21 october 2025

Pochtaning yeb yutilgan pullari yosh operator bo‘yniga ilindimi?

O‘zbekiston pochtasining Namangan filiali shahar pochta aloqa bog‘lamasida operator bo‘lgan Baxramjanova Musallamxon Saloxitdin qizi deyarli 153 million so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblandi.

Ushbu mablag‘ fuqarolarning kommunal to‘lovlari, pochta xizmati uchun to‘lovlaridan shakllangan. Operator Baxramjanova kunlik hisobotlarga jami 9 ming 634 dona to‘lov chekini ilova qilmagan deyiladi sud hujjatlarida. To‘lovlar esa asosan naqd pulda bo‘lgani uchun, pul kelib tushganini elektron tasdiqlash imkonsiz.

Ayblanuvchining o‘zi har kunlik hisobot va tushumni hisobchiga va kassirga topshirgani, ba'zi hollarda chek ilova qilishni unitgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidladi. Biroq sud hujjatlari hisobchi Oybekning ham, kassir A'zamjoning ham kamomadga aloqadorligini tasdiqlamadi.

Kamomad aynan operator sabab yuzaga kelganini aloqa bog‘lamasi rahbari tasdiqlab ko‘rsatma berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operator kunlik hisobotlarga naqd pul to‘lovlari cheklarini palapartish ilova qilgan. 9 mingdan ortiq chek yetishmayapti va shu cheklar ortidagi naqd pul to‘lovi ham kirim qilinmagan.

Shu asosda 28 yashar operator – Baxramjanova Musallamxon Saloxitdin qizi talon-torojda aybdor deb topildi. 153 million so‘m kamomadning 27 millioni Musallamxondan undirildi. Qolgan kamomad mablag‘ni to‘lab berish sharti qo‘yildi.

Shuningdek, Namangan shahar sudi hukmi bilan pochta operatori Baxramjanova Musallamxon Saloxitdin qizi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Tag‘in o‘qing
14 january 2026
Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Bo‘riev Rahmatullo Xolbekovich 2024 yil noyabr oyidan 2026 yil ...
6 september 2018
«Mabodo, bir kun kelib ozodlikka chiqsam-u, kitob yozish nasib qilsa, “andijonlik yigit” deb eslasam, u o‘zi haqda gap ketayotganini ...
19 december 2022
Amerikada o‘zbek zo‘ravon, 38 yashar Akmal Narziqulov 20 yilga qamaldi. Soxta prava yasash, prava imtihonini soxtalashtirish, odam o‘g‘irlash va ...
22 may 2024
«O‘zsuvta'minot» boshqaruv raisining o‘rinbosari Sadillaev Shohruxali Sharofovich Toshkent viloyatidagi quruvchi tashkilotlar bilan majlis o‘tkazmoqda. Uning ko‘p va xo‘b qo‘llayotgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...