Asosiy mavzular
29 october 2025

Uchko‘prik va Bag‘dodda zovurlar yoppasiga ko‘milmoqda

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va Bag‘dod tumanlarida hokimlar prezidentning “zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish” taklifini faqatgina bir kalima – “ko‘m” deb tushungan. 

Va shu asosda ommaviy zovur ko‘mish amaliyoti boshlangan. Hech qanday ilmiy-ekologik asos, mahalliy sharoitlarni hisobga olmasdan, tuproq ustiga tuproq to‘kilmoqda.

Masalan, Oltinko‘lda tadbirkor 1,1 gektar yerda 20 ta savdo va servis ob'ekti qurgan. Agar shunga o‘xshash 30 km zovur yopiq tizimga o‘tkazilsa, 1 mingta ob'ekt va 10 mingta ish o‘rni yaratish mumkinligi qayd etilgan. Ana shundan so‘ng “prezident aytdi” deganlar o‘z bilganicha xulosa chiqarib, harakat boshlashdi.

Prezident esa bu taklifni katta trassalardagi zovurlar uchun, ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun aytgandi. U kishi Irrigatsiya institutini tugatgan mutaxassis sifatida, zaxli yerlar, yerosti suvi yuqori hududlarda bunday ishlar qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi biladi.

Uchko‘prik va Bag‘doddagi amaldorlar esa, aholi zich yashaydigan, zaxlik darajasi yuqori bo‘lgan joylardagi zovurlarni ham ommaviy ko‘ma boshladi. Natijada ertangi kun xavf ostiga qo‘yildi. Hozir 20 ta ish o‘rni yarataman deb, 250 ming odamning sog‘lig‘i, turar joyi, daromad manbai xavfga ro‘baro‘ bo‘ldi.

Buning oqibatida nafaqat ekin chiqmaydi, uylar namlikdan nuraydi, odamlar orasida astma, artrit, buyrak xastaliklari, nafas yo‘llari kasalliklari keskin ko‘payishi mumkin. Ayrim holatlarda bu jarayonlar allaqachon boshlangan.

Hech kim prezidentning topshirig‘ini yoki tashabbusini inkor etmayapti. Lekin uni to‘g‘ri tushunish kerak. 

Prezident “zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish”ni taklif qildi. U buni barcha hududlarda, barcha sharoitda amalga oshirilsin demadi. 

Har bir hududning xususiyatini, ekologik holatini hisobga olish kerak. Bu yerda ham ma'sul amaldorlardan kerak bo‘lsa: “Yo‘q, muhtaram Prezident, bizning hududda bu ishlar qiyin, zararli”, deb aytish jasorati talab etiladi. Chunki bu yerda gap xalq salomatligi, yer resurslari va kelajak haqida ketyapti.

Jamoatchi Yo‘lchiboy Ismoilov bu masala bo‘yicha bir necha oy avval jiddiy chiqish qilgan. Lekin o‘shanda uning gaplariga e'tibor bermadi. Endi esa kech bo‘lmasidan, vaziyatga aralashish va amaldorlarning o‘z bilganicha qarorlariga chek qo‘yish vaqti keldi.

Xalqning buguni va ertasi ko‘milmasligi kerak. Zovurni emas, mantiqiy fikrni hayotga tadbiq qilish vaqti keldi.

Tag‘in o‘qing
21 october 2025
Turkiyada taniqli o‘zbek shoiri va muxolifat lideri Muhammad Solihning «Vodiyda o‘lim taqiqlangan» (Vadide Ölmek Yasak) nomi ostida yangi kitobi ...
19 august 2022
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
6 october 2025
«Eltuz» nashri so‘nggi 15 yil ichida o‘zbek tilidagi mustaqil nashrlar ichida ko‘zga ko‘ringan nashrga aylandi. Buning omili nashrning  xalq ...
24 july 2025
Bugun Shuhrat Bobojon tug‘ilgan kun. U nafaqat rassom, jurnalist, muxolifat faoli yoki yozuvchi, balki buyuk g‘oyalar asoschisidir. Uning tashabbusi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...