Asosiy mavzular
4 november 2025

Nogiron bolalar hisobiga milliardlar o‘g‘irlanmoqda

Eltuz tahririyatiga kelib tushgan navbatdagi murojaatda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va «FRESH SUPPLY» MChJ o‘rtasidagi shubhali kelishuvlar fosh qilinmoqda.

2025 yil 11 oktyabrda Eltuz saytida “Nogiron bolalar rizqini talon-taroj qilish” haqidagi maqola chop etilgan edi. Mazkur maqolada, agentlik xodimlari o‘z tanishlarining firmasi — “FRESH SUPPLY” MChJ (INN 311855077) bilan shartnomalar tuzib, bu orqali katta miqdorda davlat mablag‘ini rasman yuvib kelayotgani haqida gap borgan.

Murojaatchining ta'kidlashicha, 22 yanvardan buyon bu firma orqali Toshkentdagi barcha ijtimoiy muassasalarga Belorussiyadan olib kelingan muzlatilgan mol go‘shti yetkazilmoqda. Lekin eng dahshatlisi – muzlatilgan go‘shtni 1-toifali deb rasmiylashtirish orqali har kilosi uchun 41 250 so‘m ortiq pul olinib, bu hisobdan bir oyda 330 million so‘m, 10 oyda esa 3.3 milliard so‘m byudjet puli “parovozday yuvilmoqda”.

«FRESH SUPPLY» uchun barcha eshik ochiq — boshqalar uchun yo‘l yo‘q

Toshkent shahar hokimligi har oy oziq-ovqat mahsulotlari uchun o‘rtacha narx belgilab beradi. Masalan, oktyabrda 1-toifali mol go‘shti 105 000 so‘m, muzlatilgani esa 63 750 so‘m etib belgilangan. Ammo agentlik tomonidan muzlatilgan go‘sht olib kelishlariga qaramay, hujjatda u “1-toifali” deb ko‘rsatilib, aynan 105 000 so‘mdan to‘lov amalga oshirilmoqda.

Bundan ham yomoni – sentyabr va oktyabr oylarida “FRESH SUPPLY” MChJ hech qanday shartnoma tuzmasdan yetkazib berishni davom ettirgan. Keyinchalik shartnomalarning oxirida, yangi narx bo‘yicha rasmiylashtirib, shu yo‘l bilan qo‘shimcha pul “o‘zlashtirilgan”.

“Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kerak deganlar. Lekin agentlik buni faqat bitta tanish firmani qo‘llash deb tushungan ko‘rinadi,” — deyiladi murojaatda.

Javobgarlar qaerda?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holat bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot bermagan. “FRESH SUPPLY” MChJ hanuz byudjet tashkilotlariga mahsulot yetkazib berishda davom etmoqda. 

Ushbu shirkat shu yil yanvarida Farrux Mirzaxodjaev tomonidan ta'sis etilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi telegram guruhlar orqali ta'lim muassasalariga majburiy shartnoma qilish buyruqlari bermoqda.

Murojaatchilarning aytishicha, ularning maqsadi muzlatilgan go‘shtni taqiqlash emas, balki bu ishda shaffoflikka erishish. Ular Eltuzdan bu holatni yana bir bor jamoatchilikka yetkazishni va javobgarlarni aniqlashga yordam berishni so‘raganlar.

Mazkur ma'lumotlar murojaatchilar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitob va hujjatlarga asoslangan. Eltuz tahririyati Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “FRESH SUPPLY” MChJdan rasmiy izohga ochiq.

Tag‘in o‘qing
19 may 2018
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari manglayiga ruchka bilan «2» qo‘ygan o‘qituvchilar ishi prokuraturaga oshirildi. Toshkent viloyati xalq ...
3 november 2024
AQShdagi saylovlar arafasida Tramp haqidagi «Shogird» (The Apprentice) badiiy filmi namoyish etildi. Filmda yosh biznesmen Jey Tramp Manxettenda uyma ...
10 november 2023
RT: Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. MS: Ëshi ulli, ëshi kichchi, mo‘chchi oybikalar nichiksizlar. Xo‘jik birrilar… RT: Matchonboy, odamlar ...
4 february 2020
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tgan uchrashuvda «bir kichkina bojxona posti rahbari»ning uyidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...