Asosiy mavzular
17 november 2025

IIB Angrendagi maktabda qo‘pol reyd o‘tkazdi

Angren shahridagi 41-maktabda 11 noyabr kuni IIBning bosimli reydi bo‘lib o‘tdi.

IIBdan Sattarov Faxriddin boshchiligida 8 nafar xodim ertalab 8:00 dan 15:00 gacha hech qanday rasmiy hujjat yoki buyruq ko‘rsatmasdan maktabga kirib, dars jarayonini buzib, tintuv o‘tkazgan. Odatda bunday tadbirlar qisqa suhbat shaklida, ta'lim jarayoniga xalaqit qilmagan holda o‘tardi, bu safar esa vaziyat mutlaqo boshqacha bo‘ldi.

O‘qituvchilarning ta'kidlashicha, ayrim IIB xodimlari o‘qituvchi va o‘quvchilarga nisbatan haqoratomuz, qo‘pol so‘zlar ishlatgan. Qiz bolalarga “basharangni qara”, “yaqinda buzilib qolasan” kabi pardasiz gaplar, o‘g‘il bolalarga esa “yaqinda qizlarni zo‘rlaysan” degan so‘zlar qo‘llangan.

Masalan, ichki ishlar xodimlari, ingliz tili o‘qituvchisining darsini toqatsizlarcha buzib, sinfxona “musor qilingan” deb, o‘qituvchini 412 000 so‘m jarima tortishlari mumkinligi aytishgan. Xodimlar shuni bahona qilib maktab direktoriga ham jarima bilan tahdid qilishgani ta'kidlanmoqda.

Direktor “o‘qituvchi va o‘quvchilarga qo‘pollashmang” deb aytganidan keyin vaziyat yana keskinlashdi, IIB xodimlari o‘sha kuni maktabga kelmagan o‘quvchilarning ota-onalarini alohida xonalarga kiritib, direktor va uning o‘rinbosarlari haqida yozma shikoyat yozishga majburlamoqchi bo‘lishdi. “Bolam maktabga kelmasligi uchun pul berganman, deb yozib berasan” deya ota-onalarga bosim qilingan.

O‘qituvchilar va bir necha ota-onalar vaziyatga oydinlik kiritish uchun Angren shahar IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjaevga qayta-qayta telefon qilgan, ammo u qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan. Qabuliga ham kiritishmagan. Iddaolarga ko‘ra, Mirxodjaev ularni jinoiy ish ochish bilan qo‘rqitib “formalilarni hurmat qilishga o‘rgataman” deb bot-bot takrorlagan. Bu formali to‘kislarning kuchi faqat o‘qituvchi va o‘quvchiga yetadimi?

Ichki ishlar vaziriga yana bir bor yuzlanamiz, xodimlaringizga nimalar bo‘lyapti? Fuqaroga, yosh bolalarga o‘zboshimcha tahdid qilishga yetadigan jur'atni xodimlaringiz qaerdan oldi, Aziz Toshpo‘latov? O‘qituvchilar, ota-onalar bu zo‘ravonlarga IIV zudlik bilan chora ko‘rishini talab qilmoqda.

Tag‘in o‘qing
18 october 2017
Bu yil terimga O‘qituvchi va shifokorlar poezdlarda safarbar qilinmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan minglab terimchilar mingan poezdlar Qoraqalpog‘iston va ...
9 may 2017
Bolaligimizda Do‘stjon dadamning Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchisi ekanligidan faxrlanardik. Har 9 may bayrami arafasida dadamni maktabga va boshqa majlislarga ...
22 april 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
3 february 2025
Rotterdam shaxrida taniqli o‘zbek kino ustasi Ali Xamroev suratga olgan «Parajanovning nastarin shabbodasi» («Sirenevыy veter Paradjanova») deya atalgan hujjatli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...