UzPoster
18 november 2025

AQShda terrorizmda gumonlangan o‘zbekistonlik noqonuniy muhojir qo‘lga olindi

FoxNews telekanaliga ko‘ra, AQShda ilgari qo‘yib yuborilgan va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlagan o‘zbekistonlik noqonuniy muhojir terrorizmga aloqadorlik gumoni bilan yana qo‘lga olingan. AQSh hukumati ikkinchi bor qilgan xatolarni kechirmaydi. Bu gal yigitning ko‘rsatgan vajlari tinglanmadi.  

O‘zbekistonda 31 yoshli Ahror Bozorov 2022-yildan buyon terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan. O‘zbekiston rasmiylariga ko‘ra, u internet orqali jihodga chaqiriqlarni tarqatgan va yollash bilan shug‘ullangan. ICYe uni 9-noyabr kuni Kanzasda yuk mashinasini boshqarayotganida hibsga olgan.

Bozorov mamlakatga kiritildi va u Pensilvaniyada tijorat haydovchilik guvohnomasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Shtatda ba'zi toifadagi fuqaro bo‘lmaganlarga qonuniy bo‘lish hujjatlari mavjud bo‘lganda huquq berishga ruxsat beriladi. PennDOT har qanday haydovchilik guvohnomasini faqat real vaqt rejimida Save tizimi orqali qonuniyligi tasdiqlangan xorijliklarga berishini ma'lum qildi.

ICYe ma'lumotlariga ko‘ra, Bozorov 2023-yil fevral oyida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan, chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan, biroq amaldagi ma'muriyat qo‘lida qo‘yib yuborilgan. Uning hibsga olinishi muhojirlarga tijorat huquqlarini berishga e'tibor kuchaytirilishi fonida sodir bo‘lgan.  Floridada noqonuniy yuk mashinasi haydovchisi ishtirokidagi shov-shuvli avariya unga qo‘l kelgan. 

Trampning qarorlari tufayli bir millionga yaqin noqonuniy muhojir AQShni tark etgan.  Shtatlarda bunday toifadagi shaxslar o‘n milliondan ortiq bo‘lib qolmoqda. Tramp boshchiligidagi hukumat diniy ig‘vo va uning ortidan keladigan mayda isyonlarni yoqtirmaydi. Bu «targ‘ibotchining» taqdiri O‘zbekiston tomoniga topshirildi.

Tag‘in o‘qing
20 july 2018
Nukus muzeyida 16 iyulga o‘tar kechasi zanglagan quvurdan oqqan suv mashhur futurist rassom Aleksandr Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayol» rasmiga ...
11 february 2025
Ma'lumki joriy yilning 9 fevralidan boshlab men Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojonov ta'tilga chiqqan edim va buning sabablarini hech ...
12 august 2019
“Eltuz” orqali prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq murojaat bilan chiqqan “bir guruh ishsiz qilgan va ishlayotgan prokuratura xodimlari” hozir ham ...
1 november 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...