Asosiy mavzular
20 november 2025

Surxondaryoda 71 yoshli erkak ovqat tayyorlamagan xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, 15-sentyabr kuni soat 14:30 atrofida Sariosiyo tumanidagi Afrosiyob mahallasida er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan. 

Erkak ovqat yo‘qligidan norozi bo‘lgan, ayol esa uning uydagi ishlarga mutlaqo yordam bermasligini aytgan. Shiddat bilan kuchaygan mojaroda erkak oshxona pichog‘ini olib, hovliga chiqqan va xotinining chap ko‘kragiga ikki marta zarba bergan. 66 yoshli xotin  olgan og‘ir jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, marhuma birinchi guruh nogironi bo‘lgan va surunkali buyrak kasalligidan aziyat chekkan. Xotinining og‘ir ahvoliga qaramay, erkak ayol «uni muntazam ravishda xo‘rlaganini» aytgan . U sudda aybini to‘liq tan olgan va voqeani «doimiy tushunmovchiliklar» bilan izohlagan. 

Sud erkakning harakatlarini qasddan odam o‘ldirish sifatida baholab, umumiy tartibli koloniyada 10 yil ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.

Kampir go‘rda, er qamag‘da.

Tag‘in o‘qing
8 august 2016
«Hurriyat» gazetasida (03.08.16) chop etilgan «Jamiyatni halokatdan qutqaruvchi kuch» sarlavhali maqolada Chor Rossiyasi va sho‘rolar davrida xalqimizning ma'naviy boyliklarini ...
15 may 2018
Toshkentlik turkshunos olim Andrey Kubatinga o‘tgan yilning dekabrida Harbiy sud tomonidan berilgan 11 yillik muddat, yaqinda besh yilga tushirildi. ...
4 june 2025
54 yashar o‘zbek faoli va yutuber Yo‘lchiboy Ismoilov Uchko‘prik sudi tomonidan 23 may kuni uni jazolash uchun chiqarilgan hukm ...
12 january 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. G‘isht, qum va tsement aybdor! Yoki «Armaturalar ham yig‘laydi» Bugungi film ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...