Asosiy mavzular
21 november 2025

Andijonda terimchilar paxta pulini ololmayapti

Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti. Klasterning fermerlardan milliardlab qarzi borligi aytilmoqda.

«Daryo» nashrining ma'lum qilishicha, Marhamat tumanida yashovchi bir guruh terimchi ayollar paxta pulini ololmayotgani yuzasidan nashrga murojaat qilgan.

Ayollarning aytishicha, oktyabr oyi boshidan beri tergan paxtalari uchun pul berilmagan. Fermer xo‘jaligi rahbariga bir necha marta qilingan shikoyatlar befoyda ketgan. U «Qaerga murojaat qilsangizlar ham qiliveringlar, menga klaster pul bermayapti», deb javob qaytargan.

Holat yuzasidan Marhamat tumani hokimligi axborot xizmatining «Daryo»ga ma'lum qilishicha, pulni undirish bo‘yicha viloyat prokuraturasi ish olib bormoqda.

«Marhamat tekstil» MChJ klasterining 53 ta fermer xo‘jaligidan 1 milliard 600 million so‘m qarzidan hozirda 490 million so‘mi undirilib berildi. Qolgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha viloyat hamda tuman prokuraturasi tomonidan ishlar olib borilayotgani ma'lum qilinadi, — deyiladi hokimlik izohida.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot kotibi Gulnoza Alimovaning «Daryo»ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, holat Mehnat inspektsiyasiga yuborilgan va natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, klaster o‘tgan mavsumda ham terim pullarini to‘lamagan.

Tuman hokimligining ma'lum qilishicha, «Marhamat tekstil» MChJ klasterining 2024 yilda paxta hosilini topshirgan Ulug‘nor tumanidagi «Ollomurod yerlari» fermer xo‘jaligidan 135 million so‘m qarzi mavjud. Hozirgi paytda ushbu klaster tomonidan to‘lanmayotgan pullar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani aytiladi.

Manba: https://t.me/UzFoHR

Tag‘in o‘qing
18 february 2020
Joriy yilning 17 fevral kuni prezident Mirziyoev rossiyalik xokkeychilar Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnovga Toshkent ...
1 march 2019
Assalomu alaykum. Bugungi va'zni qo‘shiq bilan boshlasam. Mard yigit mehmonga ko‘ksini ochibnomardni mehmondan qochishin go‘ring… Bu qo‘shiq matnini 18-asrda ...
16 january 2017
O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning Toshkentda uy qamog‘ida saqlanayotgan katta qizi yaqinda Shveytsariya prokuraturasi tomonidan pul yuvish ayblovi bo‘yicha ...
2 june 2016
Jurnalistning «Nega yo‘q bo‘lib ketdingiz? O‘rningiz judayam bilinyapti» degan savoliga javob berar ekan, Obid Asomov shunday dedi: «Ba'zi bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...