Asosiy mavzular
21 november 2025

Toshkentda ona-bola narkofurush qo‘lga olindi

Toshkentda o‘g‘li bilan yashirin joyga giyohvand moddalarni olib kelish uchun ketayotgan 51 yoshli ayol qo‘lga olingan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari Ohangarondan Pskent yo‘nalishida dastlabki kuzatuvda bo‘lgan avtomobilni to‘xtatgan. Ichkarida 51 yoshli ayol va uning 26 yoshli o‘g‘li Tojikistondagi tanishlariga yashirilgan giyohvand moddalarni olib kelish uchun ketayotgani aniqlandi.

Tintuv chog‘ida huquq-tartibot idoralari xodimlari ulardan uyali telefonni olib qo‘yishdi va yozishmalarni o‘rganib, gumonlanuvchilarga Telegram messenjeri orqali giyohvand moddalarning geolokatsiyasi va fotosuratlari yuborilganini aniqladi. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Piskent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin joy aniqlanib, u yerdan 4 kg 985 gr “gashish” moddasi musodara qilindi.

Shuningdek, poytaxtning Olmazor tumanida yashovchi gumonlanuvchilarning uyida o‘tkazilgan tintuv natijasida yana 1 kg 124 gr “opiy” va 1 kg 976 gr “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Natijada har ikki qarindosh, shuningdek, ayolning ikkinchi o‘g‘li, 29 yoshli muqaddam sudlangan erkak qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning sheriklari ham borligi tahmin qilinmoqda. Ular orasida yaqin qarindoshlari borligi, o‘nlab sheriklari borligi gumonlanmoqda. Ona va bola qo‘lga olindi. Ularning telefonlari tekshirilmoqda. 

Avvalroq Qashqadaryoda muqaddam sudlangan erkakdan 20 kg giyohvandlik moddasi topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Jinoyatchi taqiqlangan moddalarni keyinchalik sotish uchun saqlagan.

Tag‘in o‘qing
8 april 2015
Toshkentla “Style.uz” san'at haftaligi o‘tmoqda – prezident to‘ng‘ich qizining dabdabali ermagi, ayni paytda esa paxta dalalarida bolalar o‘lmoqda, deya ...
2 april 2016
Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank ...
30 november 2025
Birovning e'tiqodi – dunyodagi eng bemaza mavzu. Biz o‘zbeklar shunday bemaza narsalarni battar bemazasini chiqarib, titib, kavlab o‘tiradigan xalqmiz.  ...
28 july 2017
Prokuraturaning O‘zbekiston hukumatiga qaytarilishi kerakligi iddao qilingan Gulnora Karimova mulklari ro‘yhatida dunyoning bir qancha yirik mamlakatlaridagi ko‘chmas mulklari, pul ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...