Asosiy mavzular
24 november 2025

Buxoroda ham IIB xodim va uning oilasi is gazidan o‘ldi

Buxoro shahrida ham bir fojiali holat ro‘y berdi. Hamza ko‘chasidagi 17-ko‘p qavatli uyda yashagan IIB xodimi, uning ayoli va ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hodisa 23 noyabr kuni, dam olish payti kechga yaqin ma'lum bo‘lgan.

Manbalarning aytishicha, topilgan paytda oilaning barcha a'zolari allaqachon o‘lgan bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan joy o‘sha zahoti yopib qo‘yilgan. Ko‘chaga tumonat odam yig‘ilgan. Viloyat rahbariyati va mas'ul idoralar ham joyiga kelgani aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, is gazining tarqalishi qurilma nosozligi yoki xavfsizlik qoidalari buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Rasmiy izoh hali berilmadi.

Bu holat joriy haftada ichki ishlar xodimlari bilan ro‘y bergan ikkinchi fojiadir. Ikki kun avval Andijonda Ichki Ishlar organi xodimi Oybek Yoqubov va uning farzandlari xizmat uyida is gazidan zaharlanib halok bo‘lgani xabar qilingan edi. 7 yoshli qizaloq o‘sha kuni vafot etgan. Uch yoshli go‘dak esa jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda ekani aytilgan.

Ikki viloyatda bir hafta ichida sodir bo‘lgan bu fojialar is gazi bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga yana bir bor jiddiy e'tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Tag‘in o‘qing
17 july 2025
Saksovul kesayotgan shaxslarni ta'qib qilgan ekologiya inspektorlariga bita va armatura bilan hujum qilindi. Ikki xodim ko‘plab jarohatlar oldi. Xorazm ...
24 april 2020
Qadrli «Eltuz» ko‘rarmonlari, men sizning har juma rassom Tuz va'zlarini kutayotganingizni bilaman va sizning e'tiboringizni qadrlayman. Afsuski, bu hafta ...
21 august 2024
Endi qator-qator Tahoe lar, 2 etajli kottejlar, 200-100-50 ming dollarlab sovg‘a salomlar uxladi. XOQ IBA rahbari Umar Kremlyov nomiga ...
27 may 2016
«Adolat ko‘zgusi» gazetasi bugungi o‘zbek maktablaridagi achinarli holatlardan biri, ya'ni ta'lim muassasalarida soxta diplom bilan dars berayotgan o‘qituvchilar borligiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...