Asosiy mavzular
3 december 2025

Shahrixonlik o‘qituvchi ko‘zi ojizligi uchun kamsitilgani haqida gapirdi

3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni. Andijon viloyati Shahrixon tumani Naynavo qishlog‘ida yashovchi, tug‘ma ko‘zi ojiz Zokirjon Toshpo‘latov 3 dekabr munosabati bilan Eltuzga murojaat qilib, ish joyida uchrayotgan muammolari haqida ma'lum qildi.

Uning aytishicha, uch yil oldin Andijon Davlat universiteti filologiya fakultetini tamomlab, 41-umumta'lim maktabiga ishga kirgan. Unga “tarjimon-kotiba” biriktirilgani sababli o‘quv jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshib kelgan. Jamoaga ham tez moslashgan.

Biroq joriy yil avgust oyida dars soatlari taqsimoti vaqtida nizo chiqqani va ayrim o‘qituvchilarning bosimi boshlangan. Toshpo‘latovning ta'kidlashicha, oliy toifadagi o‘qituvchi Rahnamo Sottiboeva 30 soat talab qilgan, direktor esa uning tarafini olgan. Natijada u uzoq tortishuvlardan so‘ng 20 soat bilan qolgan va asosan og‘ir sinflardan dars berishga majbur bo‘lgan.

Toshpo‘latov portalga murojaat yo‘llaganidan keyin rahbariyat va ayrim o‘qituvchilar munosabati yanada yomonlashganini aytadi. Unga nisbatan ayblovlar, bosimlar va hatto haqoratlar bo‘lgan. Xususan, bir o‘qituvchi uning nogironligini yuziga solgan.

RayONO xodimlari esa “ko‘r deyishi haqorat emas” degan javobni bildirgani Toshpo‘latovni ranjitgan.

“Mening ko‘zim ojiz, ammo aqlim emas. Men faqat teng munosabat, hurmat va adolat talab qilaman”, deydi u.

U murojaatining maqsadi nogironligi bor fuqarolarga nisbatan stereotip va kamsitishlarni yo‘qotish, ish joylarida adolat tamoyillarini kuchaytirish ekanini qo‘shimcha qildi.

Tag‘in o‘qing
22 june 2018
Avvallari Turkiya bizning Markaziy Osiyo davlatlari va turk olami uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy model bo‘lishini orzu qilardik. Biz ...
16 october 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev, Xiva shahridagi «Ichan-qal'a» muzey qo‘riqxonasi hududidagi «Paxlavon Mahmud» ziërat majmuasiga borganida, bu maskanning ta'mirlanishi yuzasidan ...
22 september 2017
O‘zbekistonlik bir-birini tanimaydigan bir necha tadbirkorning “Eltuz” muxbiriga ma'lum qilishicha, 2010-2016 yillar davomida MXX Milliy havfsizlik va MX (SB) ...
23 may 2024
Buxorolik ishsiz, bo‘ydoq rijol Jasur Sultonov Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «Qizlik olish detski», «1000% ishonchli», «Hijobli homilador», «Aylana videolar» nomli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...