Asosiy mavzular
23 may 2024

Pedofil kanal ochgan yigitni o‘zbek sudi shartli jazoladi

Buxorolik ishsiz, bo‘ydoq rijol Jasur Sultonov Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «Qizlik olish detski», «1000% ishonchli», «Hijobli homilador», «Aylana videolar» nomli profillar ochib, bolalar ishtirokidagi pornografik videolar tarqatgan.

Shunday esa-da, Jasur Sultonovga bor-yo‘g‘i 4 yil ozodlikni cheklash va kechasi uydan chiqmaslik jazosi belgilangan.

Jasur Sultonov kanallardagi porno videolarda voyaga yetmaganlar tasvirlangan. Jinoyatchi video tarqatishni «biznes»ga aylantirib, reklama tarqatgan va kanallarga a'zolik uchun 25 ming so‘m undirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 130-moddasiga binoan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Biroq Jasur Sultonovga kelganda qonunning beli sinib, qishloq hududidan chiqmaslik jazosi tayinlandi.

«Chirib ketgan» AQShda bolalar ishtirokidagi porno videoni telefonida saqlagan o‘zbek rijol 19 yilga qamaldi – u internetda porno video do‘koni ochmagan edi.

Lekin pedofilizm videolarini saqlashning o‘zi ham og‘ir jinoyat deb hukm o‘qildi. O‘zbekistonda pedofil porno videolarni saqlab, tarqatib pullagan nokas 4 yil oyog‘ini uzatib uyda yotsa bas. 

Aftidan, sud qatnashchilari va jazoni belgilagan sudya pedofilizm targ‘ibotini arzimas jinoyat deb hisoblaydi.

Eltuz O‘zbekistondagi pedofiliya jinoyatlariga oid voqea va xodisalarni kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
21 may 2016
O‘zbek rasmiylari milliy til rivoji va rag‘batini hukumat farmonlari, qarorlari bilan ochilgan universitet va uning tarkibida ochilgan o‘zbek tili ...
1 november 2025
Prezident Shavkat Mirziyoevning Bryusselga rasmiy tashrifi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi (YeI) munosabatlarida yangi, strategik bosqichni belgilab bergan muhim voqea ...
1 august 2018
Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbek-german forumi «O‘zbek fermeri uchun ipak bo‘yinturuq» nomli hisobotini e'lon qildi, bunda O‘zbekiston pillachiligida majburiy mehnatdan ...
9 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 9 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. Putin Markaziy Osiyoda o‘z ta'sirini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...