Asosiy mavzular
4 december 2025

O‘zbekiston mulkdorlarining mulki xavf ostida

O‘zbekistonda shaxsiy mulk huquqi qonunlar darajasida kafolatlangan bo‘lsa-da, amalda ko‘pchilik mulkdorlarning uy-joy, yer, bino yoki biznes ob'ektlari xavf ostida qolmoqda. Qonun bor, biroq u mulkdorni himoya qilishga qodir emas. 

Konstitutsiyada xususiy mulk daxlsizligi kafolatlangan.   Shuningdek, qonunchilikda mulkdorga sud orqali o‘z huquqini himoya qilishni ta'minlovchi normalar mavjud. Amalda esa mulkiy daxlsizlik nazarda tutilgan kabi ta'minlanmaydi. Masalan, Yangi O‘zbekistonda bu holat urchib ketdi. 

Ayniqsa, ko‘p kavatli uylar yonidagi qurilishlar hech bir asossiy buzib tashlash holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Qurib bo‘lguncha hech kim uni nazorat qilmagan, bitgan va faoliyatga kirgan obekt buzib tashlanadi. Fuqarolar roziligi va adekvat kompensatsiyasiz musodara qilinishi, yoki buzilishi holatlari ko‘p uchramoqda.

Bular ijtimoiy adolat yo‘qligi va mulkdorlar huquqlari faqatgina qog‘ozda qolganini bildiradi. Sudlar esa asosan  davlat tarafida qaror qabul qiladi.

Mulkiy daxlsizlik amalda himoyalanmayotgan sharoitda mulkdor o‘zini faqat huquqiy yo‘llar bilan muhofaza qilishi kerak. Birinchi navbatda, har bir mulk ob'ekti bo‘yicha hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirish, kadastr va mulk huquqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yangilab turish zarur. Hujjatsiz mulk — himoyasiz mulk demakdir. 

Ikkinchidan, har qanday davlat organining talab yoki qarorlarini jazava bilan qabul qilmasdan, ularning qonuniyligini advokat bilan birga tekshirib chiqishi va jarayonlarni o‘zi nazoratiga olishi shart. Qonun buzilishi holati bo‘lsa, yer ajratish yoki kompensatsiya taklif qilinsa, mulkdor rasmiy ravishda e'tiroz bildirishi, ariza va shikoyatlarni yozma ravishda yuborishi kerak.

Uchinchidan, har qanday vaziyatda sudga murojaat qilishdan qo‘rqmaslik zarur. Amalda ko‘p sudlar davlat foydasiga qaror chiqarsa-da, mustaqil huquqiy kurash orqali adolat tiklangan holatlar ham uchraydi. Bunda mulkdor har qanday vaziyatda amaldagi qonunlarini o‘ziga namuna qilib olishi kerak. Shu bilan birga, jamoaviy harakat – axborot tarqatish, jamoatchilik fikrini jalb etish — bosimni oshirib, qarorlar o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda eng to‘g‘ri yo‘l kurashish va jamoat nazoratini paydo qilish.

Bunday tahlikali davrda mulkdor o‘z huquqlarini yaxshi bilishi va ularni talab qilishdan voz kechmasligi muhim.

Tag‘in o‘qing
7 january 2026
Galileo Galileyning 1610 yil 7 yanvardagi kashfiyoti insoniyatning koinot haqidagi tasavvurlarini ostin-ustun qilib yuborgan. Bu voqea nafaqat astronomiya, balki ...
25 april 2021
Aziz do‘stim, ko‘zlari intizor singlim, mehribon opajonlarim, duogo‘y onaxonlar, yuzidan farishta ëqqan otaxonlar, akalar, ukalar, muqaddas Ramazon oyi muborak!   ...
25 august 2016
«Toshkent oqshomi» gazetasida (23.08.2016) O‘zA muxbirining ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bilan suhbati bosildi. Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ichki ishlar ...
19 april 2018
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan «Damas» avtomobilining narxi oxirgi uch yilda ikki baravar oshib, 50 mln so‘mga yetgan bo‘lsa-da, hali-hamon ochiq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...