Asosiy mavzular
13 december 2025

O‘zbekistonning qishda zulmatga cho‘mishiga quyosh aybdormi?

O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakat bo‘ylab elektr ta'minotida ehtimoliy uzilishlar yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi. Unda bildirilishicha buning asosiy sabablaridan biri quyoshli kunlarning kamayishi bilan bog‘liq.

Vazirlikning izohida aytilishicha: «quyoshli kunlarning qisqarishi ortidan quyosh fotoelektr stantsiyalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi kamaygan. Shu bois, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol balansini tartibga solish, ularning muvozanatini saqlash maqsadida ayrim hududlarda asosan yuqori iste'mol davrlarida (17:00 dan 21:00 gacha) qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin»

Energetika vazirligining tag‘in izoh berishicha, energetika tizimidagi uzilishlarning sabablaridan yana biri Sirdaryo IESidagi ta'mirlash ishlari bilan bog‘liq. 

Bu haqda xabar bergan Ulysmedia.kz muallifi Askar Jakipovga ko‘ra, stantsiyadagi 2-sonli gaz turbinasida rotor almashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta'mirlash ishlari taxminan bir oy davom etishi kutilmoqda.

Bundan avval 5 dekabr kuni O‘zbekistonda ishga tushirilgan yangi energetika ob'enktlari mamlakatning ichki iste'molini to‘liq qoplashi haqida bayonot berilgan edi. Biroq, yuzaga kelgan vaziyat yuqori minbarlardan turib aytilgan gaplarning real haqiqatga to‘g‘ri kelavermasligini ko‘rsatmoqda.

Tag‘in o‘qing
7 may 2024
7 may Radio kuni sifatida nishonlanishini hali sovet davrlaridanoq bilar edim. Ammo 7 may otalar kuni ekanini Germaniyaga hijrat ...
28 october 2025
Shoirning osmondagi oy bo‘lganidan maxalladagi boy bo‘lgani tuzuk. Urgutda nima ko‘p boy ko‘p. Har ikki odamning biri millioner.  Urgut ...
1 march 2018
Prezident Mirziyoev 27 fevral kungi selektor yig‘ilishida «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat shirkatini meva-sabzavot eksporti rejasini bajarmaganlikda ayblab tanqid qildi. Prezident tanqidi ...
11 january 2025
Rossiya Ukrainaga 2022 yil fevral oyida bostirib kirganidan beri O‘zbekistondagi ikki zavod Rossiyaning harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim materiallar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...