Asosiy mavzular
24 december 2025

Bekobodda IIB xodimi fuqaroni mashinasi bilan bosib o‘ldirdi

11 dekabr kuni soat taxminan 22:30 lar atrofida Ummatqulov Berdiyor Baxtiyorovichni moshina urib ketdi.  Rulda ichki ishlar xodimi bo‘lgani ma'lum.  Voqea Bekobod-Bo‘ka yo‘nalishidagi Oybek posti yaqinida sodir bo‘lgan.

«Otamni melisa moshinada urib ketgan. So‘ng otamni olib 40 kilometr uzoqlikdagi daryoga eltgan.  Va daryoga tashlab yuborgan. 11 dekabrdan beri qidiruv davom etyapti.  Lekin otamning jasadi topilmayapti. Qidiruv ishlari kundan-kunga suslashyapti.  Iltimos, otamni topishga yordam beringlar» – deydi qurbonning o‘g‘li Eltuzga murojaatida. 

O‘g‘ilning ta'kidlashicha,  moshinada piyodani majaqlab o‘ldirgan ichki ishlar xodimi darhol xotinini chaqirtirgan.  Er-xotin birgalikda qurbonni 40 kilometr naridagi daryoga uloqtirishgan. 

Hozirda bu melisa ustidan tergov ishi ketmoqda. Biroq jinoiy sherik bo‘lgan uning xotini javobgarlikka tortilmadi. Shuningdek,  vaqt o‘tgan sayin murdani topish imkoni yo‘qolib bormoqda. 

IIB shu o‘rinda «o‘lik yo‘q bo‘lsa – jinoyat ham yo‘q»  qabilida harakatlanayotgan bo‘lishi mumkinmi?

Tag‘in o‘qing
4 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Namangan, Xorazm, Buxoro, Toshkent va ...
24 august 2018
Rashid Qodirov davrida shakllangan prokurorlar hali ot ustida va ular uzoqqa boradigan ko‘rinadi. Ular uzoq yillardan buyon qo‘llab kelayotgan ...
9 march 2016
Vazirlar Mahkamasining 2 mart kuni chiqarilgan yangi qaroriga ko‘ra, Mulozim pora olmasligi, uyat gap bilan so‘kmasligi va tijorat bilan ...
22 february 2019
Esimni tanibmanki, demokratiyaga qarshi va klerikal totalitarizmni maqtaydigan replika eshitaman. Ëshligimda chollar nuqul Stalinni maqtardi. Qattiqqo‘l boshliqni ëki xotinini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...