Asosiy mavzular
27 december 2025

Ganalik «payg‘ambar» va'da qilgan oxirzamon sodir bo‘lmadi

Yirtiq bo‘z xaltadan qilingan butafora choponni egniga tashlab, qo‘liga yog‘och hassa ushlab tarmoqda va'zlar qilayotgan Afrikalik din tujjori 25 dekabr kuni qiyomat qo‘pishini bashorat qilgan va insoniyatni qutqarish uchun katta yog‘och kema yasashga kirishganini bildirgan edi.

Qadimda o‘tgan Nuh payg‘ambaridan farqli afrikalik Ebo bu ishga bank hisobi uchun qulay pul o‘tkazish va donat tizimlarini o‘rnatib olganidan keyin yeng shimarib ishga kirishdi. O‘zining fanerdan yasalgan butafora kemalariga odam olish limitini cheklamadi. Qiyomatga yaqin qurib bitkazilishi kerak bo‘lgan kemalar sonini sakkiztaga oshirdi. Lekin u Xudo oldida va'da qilgan oxirzamon 25 dekabr kuni sodir bo‘lmadi.   

«Xudo bu safar fikridan qaytdi va kemalarni qurib bitkazishimiz uchun qo‘shimcha vaqt berdi», — deya e'lon qildi u.

Ilgari uning minglab izdoshlari o‘z mol-mulklarini sotib yuborishgan, chiptalar xarid qilishgan va «2025 yil 25 dekabr kuni Yerni g‘arq qiladigan kuchli jalalardan keyingi» uch yillik suzishga tayyorgarlik ko‘rib, kemalar qurilish maydonchasi oldida navbatga tizilishgan edi.

Izdoshlarning bir qismi haligacha Xudo «fikridan qaytganiga» ishonishda davom etmoqda. Boshqalar esa qilgan xayriyalari kemaga emas, balki puch yong‘oqqa sarflanganini tushuna boshlashgan.

Tag‘in o‘qing
7 april 2017
Xiva tumani Saët qishlog‘idagi 31-maktabning 15 yashar o‘quvchisi M.T 5 aprel kuni Xiva tuman tug‘ruqxonasida o‘g‘il tug‘di. Muhayyo tahsil ...
19 february 2018
Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 ...
14 august 2017
2015 yilning 25 sentyabrida Xorazmga majburiy mehnat monitoringi uchun borgan mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulova va huquq himoyachisi Yelena Urlaevalar ...
2 march 2018
Prezident Mirziyoevning 28 fevralda chiqargan «vinochilikni rivojlantirish» haqidagi qarori ortidan respublika nashrlari birin-ketin bu mavzuni tashviq qila boshlashdi. «Xalq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...