Asosiy mavzular
4 january 2026

Chustda «Big House» quruvchi shirkati mijozlarni «uxlatdi»

Namangan viloyati Chust tumanida tadbirkor Erkin Yuldashev qurgan ko‘p qavatli uy 3 yilga bormasdan cho‘ka boshladi. «Big house» kompaniyasi ko‘targan bino devorlarida katta yoriqlar paydo bo‘lgan, binodagi 16 ta xonadon egalari bu uyda yashash xavfli ekanini ta'kidlashmoqda. 

Erkin Yuldashev, shuningdek, bitta uyni 2-3 mijozga shartnoma asosida sotib pulni o‘zlashtirib yuborgani haqida jiddiy ayblovlar bor.  Aldangan mijozlarning rasmiy murojaatlarini ichki ishlar organi ham, prokuratura ham inobatga olmayapti. 

«Biz 2023 yili Chust tumanida Big House firmasidan kvartira sotib olganmiz. Quruvchi firma rahbari Yuldashev Erkin bu uyni yana boshqa mijozlarga ham sotgan ekan. Uyni 2025 yil avgust oyida notariusda rasmiylashtirayotgan paytimiz mulkdorlar bir nechta ekanini bilib qoldik. Shundan beri prokuratura va ichki ishlarga qayta-qayta ariza yozganmiz. Lekin jinoyat ishi ochilmayapti» deydi aldangan mijoz.  

Huquqni muhofaza qilish organlari nega firibgarlikka ko‘z yumib, Big house kompaniyasi haqidagi shikoyatlarga panja ortidan qarayapti?  Bu loqaydlik va ishni paysalga solishning sababi nima, narxi qancha? Biroq shikoyat arizalari ko‘rib chiqilmayapti. Mahalliy prokuratura uy bozoridagi firibgar tadbirkorni qachon qonuniy javobgarlikka tortadi?

Tag‘in o‘qing
15 november 2025
Ishsizlar soni odam soni ortishi bilan tabiiy ravishda yuqorilab boradi. Statistikada esa boshqacha ko‘rinishi mumkin. Lekin real ahvol biz ...
26 november 2025
TsYeNZURA Bu uchrashuvdan keyin ilk da'fa KGBning real tazyiqini sezdim. Ochiq emas, zimdan. Yozuvchilar Uyushmasidagi xodimlarning mendan o‘zlarini olib ...
26 february 2020
Xalq banki Surxondaryo viloyati filiali Termizdagi yangi binoga ko‘chirilgach, uning amaliyot bo‘limidagi jami 45 nafar xodim yoppasiga ishsiz qoldi. ...
13 march 2018
Bundan 65 yil oldin, 1953 yilning 18 mart kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi radiostantsiyadan o‘zbek tilida ilk bora mana bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...