Asosiy mavzular
8 january 2026

O‘zbekiston qaytarilgan dissertatsiyalar bo‘yicha dunyoda birinchi

2025 yilda O‘zbekiston ilmiy ishonch masalasida xavotirli ko‘rsatkich qayd etdi. Mamlakat dunyo miqyosida ilmiy maqolalarni qaytarib olish darajasi bo‘yicha ilk o‘nlikka kirib, chop etilgan ishlarga nisbatan ishonchsiz deb topilgan maqolalar ulushi eng yuqori bo‘lgan davlat sifatida 1-o‘rinni egalladi.

Bu ma'lumotlar hindistonlik tadqiqotchi Achal Agraval tomonidan yuritiladigan PostPub Retraction Dashboard tahliliga asoslanadi. Qayd etilishicha, maqolalarni ommaviy tarzda qaytarib olish holatlari ayniqsa 2015 va 2023 yillarda keskin oshgan. Sabablar orasida ilmiy talablarga javob bermaslik, ma'lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish hamda ilmiy halollik qoidalarining buzilishi keltirilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, qaytarib olingan maqolalarning katta qismi ayrim yirik oliy ta'lim muassasalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Buxoro davlat universitetida tadqiqot sifati bilan bog‘liq kamchiliklar, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida esa ilmiy nohalollik holatlari ko‘p uchragan. Shuningdek, Toshkent irrigatsiya instituti ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.

Fan doktori Behzod Hoshimov ta'kidlashicha, muammoning ildizida ilmiy ish olib borish asoslari bo‘yicha yetarli tayyorgarlikning yo‘qligi, oliy ta'lim muassasalarida sifat o‘rniga miqdorga ustuvorlik berilishi va xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyati cheklangani yotadi.

Mutaxassislar ushbu holat ilmiy muhitda tizimli islohotlar zarurligini ko‘rsatayotganidan ogohlantirmoqda. 

O‘zbekiston soxta olimlar eng ko‘p yashaydigan mamlakatga aylandi. Dissertatsiyalarni «ilm negrlari» pulga ëzib berishadi. 70 foiz plagiat chiqsa ham pora berib yo‘lini qilishadi. 

Sobiq Yugoslaviyadagi shubhali ilmiy jurnallarda o‘zbek «olim»larining «ilmiy» maqolalari pul evaziga «chop» qilinadi. Xullas, dahshatli manzara. Nima qilish kerak? 

Ishni anavi  Sardoba ontarilganda dissertatsiyasi g‘arq bo‘lgan degan ertak to‘qib olim bo‘lgan xotinning doktorlik martabasini bekor qilishdan boshlash kerak. 

Bir vaqtlar KPSS haqida dissertatsiya ëqlab xozir xadis o‘qitadigan xojakalarni ham olimlik maqomidan mosuvo qilish kerak.

Tag‘in o‘qing
13 october 2025
Andijon viloyati Marxamat tumani aholisi kechqurun yo‘lda yorug‘lik yo‘qligidan shikoyat qilmoqda.  Tuman markazida ayrim ko‘chalar yoritilgan bo‘lsa-da, boshqalari qorong‘ilikka ...
4 july 2019
Shifokorlar dalalarda ishlashga majbur etilarkan, shifoxonalarda bemorlar hayoti uchun tahlikali vaziyat yuzaga keladi. 2018 yilning 28 iyun kuni Bryussel ...
14 march 2020
Rassom Kirpi
2 may 2023
BMT Bosh Assambleyasi BMT va Yevropa Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiyani qo‘llab, Xitoy, Armaniston, Braziliya, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...