Asosiy mavzular
18 january 2026

18 yanvar – Germaniya imperiyasi yaratildi

1871 yil 18 yanvar — nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa tarixini tubdan o‘zgartirib yuborgan voqea sodir bo‘lgan kundir. Shu kuni Yevropa xaritasida yangi bir qudratli davlat — Germaniya imperiyasi (Ikkinchi Reyx) paydo bo‘ldi.

Eng qizig‘i shundaki, Germaniya imperiyasi ayni davlatning o‘zida emas, balki mag‘lub etilgan Frantsiyaning yuragida — Parij yaqinidagi Versal saroyining «Oynavand zali»da e'lon qilingan. Bu frantsuzlar uchun juda katta tahqir edi. Prussiya qiroli Vilgelm I aynan shu yerda imperatorlik tojini qabul qilgan.

Saltanatning bosh me'mori

Germaniyaning birlashishi tasodif emas, balki «Temir kantsler» deb nom olgan Otto fon Bismarkning uzoq yillik siyosiy va harbiy o‘yinlari natijasi edi. U Germaniyani «temir va qon» bilan birlashtirish kerakligini aytgan va bunga erishgan.

Bismark birlashish yo‘lida ketma-ket uchta muvaffaqiyatli urush olib bordi. 1864 yilda Daniyani, 1866 yilda Avstriyani va nihoyat 1870–1871 Frantsiyani bo‘ysundirdi.

Frantsiyaning mag‘lubiyati nemis davlatlarining Prussiya atrofida jipslashishiga so‘nggi turtki bo‘ldi.

Dunyo yangi kuch bilan yuzlashdi

1871 yilgacha nemis yerlari o‘nlab mayda qirolliklar, gertsogliklar va erkin shaharlardan iborat edi. 18 yanvardagi e'lon bilan Vilgelm I — Germaniya imperatori (Kayzer) bo‘ldi.

Prussiya — imperiyaning yetakchi kuchiga aylandi. Bovariya, Saksoniya va Vyurtemberg kabi qirolliklar o‘z ichki boshqaruvini saqlab qolgan holda yagona imperiya tarkibiga kirdi.

Germaniya imperiyasining tashkil topishi dunyodagi kuchlar muvozanatini butunlay buzdi. Germaniya tez fursatda Yevropadagi eng yirik sanoat markaziga aylandi.

Dunyodagi eng kuchli quruqlikdagi armiya va zamonaviy flot shakllandi. 

Versaldagi marosim va Elzas-Lotaringiya yerlarining tortib olinishi Frantsiyada qasos olish hissini uyg‘otdi. Bu adovat keyinchalik Birinchi jahon urushining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.

Tag‘in o‘qing
27 november 2019
– Gazetada ishlaganmisiz? Qaysi gazetada va kim bo‘lib ishlagansiz? – “Erk” deb nomlangan gazetada jurnalistlik qilganman. Xabaringiz bormi, eshitganmisiz ...
7 june 2016
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiylari, Ozodlik radiosi tasdig‘iga ko‘ra, bugungi kunda iftor berish bid'at ekanini aytishmoqda. O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri ...
15 january 2020
Qashqadaryo viloyati Koson shahri ichki ishlar xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklangan Rustam Hamroev ikki yildan buyon adolat izlamoqda. Toshkentlik huquq ...
20 october 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib hayron qolgandim.Ular shuncha pulni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...