Asosiy mavzular
18 january 2026

18 yanvar – Germaniya imperiyasi yaratildi

1871 yil 18 yanvar — nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa tarixini tubdan o‘zgartirib yuborgan voqea sodir bo‘lgan kundir. Shu kuni Yevropa xaritasida yangi bir qudratli davlat — Germaniya imperiyasi (Ikkinchi Reyx) paydo bo‘ldi.

Eng qizig‘i shundaki, Germaniya imperiyasi ayni davlatning o‘zida emas, balki mag‘lub etilgan Frantsiyaning yuragida — Parij yaqinidagi Versal saroyining «Oynavand zali»da e'lon qilingan. Bu frantsuzlar uchun juda katta tahqir edi. Prussiya qiroli Vilgelm I aynan shu yerda imperatorlik tojini qabul qilgan.

Saltanatning bosh me'mori

Germaniyaning birlashishi tasodif emas, balki «Temir kantsler» deb nom olgan Otto fon Bismarkning uzoq yillik siyosiy va harbiy o‘yinlari natijasi edi. U Germaniyani «temir va qon» bilan birlashtirish kerakligini aytgan va bunga erishgan.

Bismark birlashish yo‘lida ketma-ket uchta muvaffaqiyatli urush olib bordi. 1864 yilda Daniyani, 1866 yilda Avstriyani va nihoyat 1870–1871 Frantsiyani bo‘ysundirdi.

Frantsiyaning mag‘lubiyati nemis davlatlarining Prussiya atrofida jipslashishiga so‘nggi turtki bo‘ldi.

Dunyo yangi kuch bilan yuzlashdi

1871 yilgacha nemis yerlari o‘nlab mayda qirolliklar, gertsogliklar va erkin shaharlardan iborat edi. 18 yanvardagi e'lon bilan Vilgelm I — Germaniya imperatori (Kayzer) bo‘ldi.

Prussiya — imperiyaning yetakchi kuchiga aylandi. Bovariya, Saksoniya va Vyurtemberg kabi qirolliklar o‘z ichki boshqaruvini saqlab qolgan holda yagona imperiya tarkibiga kirdi.

Germaniya imperiyasining tashkil topishi dunyodagi kuchlar muvozanatini butunlay buzdi. Germaniya tez fursatda Yevropadagi eng yirik sanoat markaziga aylandi.

Dunyodagi eng kuchli quruqlikdagi armiya va zamonaviy flot shakllandi. 

Versaldagi marosim va Elzas-Lotaringiya yerlarining tortib olinishi Frantsiyada qasos olish hissini uyg‘otdi. Bu adovat keyinchalik Birinchi jahon urushining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.

Tag‘in o‘qing
20 june 2017
19 iyun kuni kechqurun prezidentga shikoyati yuzasidan Toshkentga, Ichki ishlar vazirligidagi qabulga ketayotganida Surxandaryolik Karomat Qodirova yulda ushlanib orqaga ...
2 august 2018
Yevropada yashay boshlaganim qochqinlikning o‘ninchi yili yakunlanarkan, bugun ilk bor yarim asrlik umrim ortiga qaramoqchi bo‘ldim. Jo‘n ma'noda esa ...
8 august 2017
Eltuz nashri o‘tgan 2016 yilning ayni 8 avgustida, o‘z tomorqasida meva sabzavot yetishtirgan dehqonlarning hosilini erkin sotishiga ruxsat berilmayotgani, ...
29 october 2016
Ismi va tumani sir tutilgan Farg‘ona viloyati tumanlaridan birining mutaxassisi Eltuz.com muxbiriga Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan arizalar bo‘yicha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...