Asosiy mavzular
19 january 2026

Navoiy oltin kombinati tutunlari aholini zaharlamoqda

Navoiy viloyatidagi Uchquduq va Zarafshon shaharlarida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga (NKMK) qarashli ikkinchi va uchinchi Gidrometallurgiya zavodlari mana shunday ishlaydi. 

Ish tartibi 7/24 formatda. Zavodlardan chiqayotgan zaxarli tutun ishchilarni abgor qilib bo‘lgan, butun tuman aholisi sog‘lig‘iga ham jiddiy tahdid solmoqda. Oltin ishlab chiqaruvchi va mamlakatning eng badavlat kombinati daromadidan viloyatga yordam sifatida hech bo‘lmasa yo‘l ta'miri uchun pul  berilmasligini tushundik.  Lekin shu tushumdan hech bo‘lmasa zavodni modernizatsiya qilishga mablag‘ ajratilishi kerakku. Bu axir biznesning eng muhim qoidasi:  pul keltiradigan do‘kon-dastgohni ta'mirlatish eng zaruriy chiqim hisoblanadi. 

NKMK tarkibida 8 ta shunday zavod mavjud. Kombinatning biror zavodida zamonaviy texnologiyalar va filtrlar yo‘q. Navoiy viloyatining ekologiyasi butun respublika bo‘yicha eng ayanchli holda ekani hech kimga sir emas. Daromadni to‘g‘ri taqsimlash,  eng zarur chiqimlarga pul ajratishni qachon o‘rganamiz,  yuqoridagilar? Shumi O‘zbekistonning oltin qaynog‘i bo‘lgan kombinatga bo‘lgan e'tibor?  

Moshin yaxshi yurishi uchun moy, benzinni ayamaslik kerak bo‘lganidek, bu zavo‘ddagi tajriba qozongan ishchilar saratondan o‘lib ketmasligi, ko‘proq oltin ishlab chiqarishi uchun ham filtrlarni yangilab turish joiz.  Ochko‘zlikning ham chegarasi bordir, hasislik ham evi bilan-da, yoshullilar.

Tag‘in o‘qing
9 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Camarqand, Xorazm, Toshkent va Surxondaryo ...
17 december 2025
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Poytaxtga kirish nuqtalarida tashkil etilayotgan avtoparklar shaharga kirish yoki ...
16 june 2017
Mardikorlar kasaba uyushmasini tashkil qilishga uringan faol Nuraddin Jumaniyozovning 2016 yilning 31 dekabr kuni 68 yoshida qamoqxonada vafot qilgani ...
18 june 2021
«Eltuz» jurnalist Shohida To‘laganovaning Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi bilan bog‘liq surishtiruv filmini taqdim etadi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...