UzPoster
28 january 2026

O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilishi holati bo‘yicha rasmiy munosabat

2026-yil 24-yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul shahrining Shishli tumanida chiqindilar orasidan buyum to‘plab yurgan fuqaro konteyner ichida o‘ralgan jasadni ko‘rib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Ko‘rik jarayonida jasadning bosh qismi mavjud emasligi qayd etilgan.

Bosh konsulxona tomonidan mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda prokuratura bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida marhumaning shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Hakimova Durdona ekani tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qochishga uringan vaqtida ushlangan.

Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan marhumaning oila a'zolari bilan aloqa o‘rnatildi hamda ularga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv jarayonlari Bosh konsulxona nazoratiga olingan.

Tag‘in o‘qing
5 january 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 ëshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
26 february 2018
O‘zbekiston hukumati tashqi mehnat migratsiyasini tizimli bir shaklga solish yo‘lidagi navbatdagi qadamini tashladi. Xabarlarga ko‘ra, Rossiyaning bir necha federal ...
23 december 2025
1953 yil 23 dekabrda Lavrentiy Beriyaning qatl etilishi Sovet Ittifoqi tarixidagi eng dramatik va muhim siyosiy voqealardan biri hisoblanadi. ...
25 june 2018
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...