UzPoster
29 january 2026

Sariq kasal bo‘lgan migrant Rossiyada ishlolmaydimi? 

Rossiyada migrantlarga bosim kuchaymoqda. Endi migrantlarning tibbiy tekshiruv kasalliklari ro‘yxati kengaytiriladi. 

Putin ostidagi hukumat migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qabmin a'zolari qo‘llab-quvvatlagan yangi taklif e'lon qilindi. 

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantlari qator yuqumli kasalliklar, VICh infektsiyasi, narkotik moddalarga bog‘liqlik va boshqa fiziologik holatlar yuzasidan majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Endi esa ushbu ro‘yxatni kengaytirish taklif qilindi. 

Yangi tashabbus doirasida virusli gepatit, jumladan B va C turlari kabi kasalliklarni ham majburiy tekshiruv ro‘yxatiga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, migrantlar mamlakat hududiga kirganidan keyin belgilangan muddat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lishi mumkin. Tekshiruv uchun vaqt chegarasi ham qat'iylashadi demak. 

Bu chora-tadbirlar aholi salomatligini himoya qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda migratsiya sohasidagi nazoratni kuchaytirishga qaratilgani bahona qilinayotir. 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yangi talablar migrantlar uchun hujjatlashtirish jarayonini biroz murakkablashtirsa eam sog‘liqni saqlash tizimi uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sog‘ligida muammo bo‘lgan fuqarolar uchun esa ishlash imkoni yo‘qoladi. Bu esa Markaziy Osiyolik migrantlarning ahvolini tang qiladi.

Tag‘in o‘qing
21 november 2025
Gulnor endi Toshkentda bemalol yura olmasdi. Qorlig‘ashevning ayg‘oqchilari uni odim-odim ta'kib qila boshlagandi. Hatto ular uning uyi oldida navbat ...
6 november 2020
 Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi. Mana, hafta bir aylandi va yana ...
9 december 2025
Toshkent viloyati, Qibray tumani aholisi Eltuzga yo‘l muammolari yuzasidan murojaat qilib, tuman hokimidan kutilmagan va g‘alati javob olganini ma'lum ...
22 september 2016
15 sentyabr kuni xalqaro kriminal avtoritet G‘afur Rahimov O‘zbekiston Interpoli qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan cirli tarzda olib tashlandi, ayni paytda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...