Asosiy mavzular
18 march 2023

18 mart – Qrim Rossiya tomonidan ishg‘ol qilindi

Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida 2014 yilning 18 martida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi.

Rus rasmiylari referendum ishtirokchilari Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun 96,77 foiz ovoz berganini aytishadi.

«Qrim bor-u, qrimliklar yo‘q»

1944 yilda Markaziy Osiyoga qilingan ommaviy surgundan so‘ng o‘zbeklarga yana ham qondosh bo‘lgan millat – qrim tatarlari majlisi esa referendumni qonunga xilof o‘tgan, deya hisoblaydi.

Bugungi qrim tatarlarining qismati Rauf Parfining qardoshlari haqida kuyinib yozgan satrlarini eslatadi.

Ko‘kka yetdi sog‘inch daraxti,
Yig‘la Qrim, yig‘la endi ko‘k.
Ne bo‘lmoqda, odamlar, ayting –
Qrim bor-u, qrimliklar yo‘q.

Aholisining bor-yo‘g‘i 10 foizinigina tashkil etuvchi, yarim orolning tub xalqi hisoblangan qrim tatarlari milliy ozchilik bo‘laroq referendumda tegishli ovoz ololmasligi tayin edi.

Qolaversa, so‘nggi yillarda Ukrainadagi rangli inqiloblar tufayli boshlangan rus ekspansiyasi natijasida minglab qrim tatarlari mamlakatni tark eta boshlagandi.

Masalan, deportatsiyaga qadar mamlakatning aksariyatini tashkil etgan, 2001 yili esa nufusi 245 mingdan oshiq bo‘lgan qrim tatarlari Rossiya anneksiyasi amalga oshirilgan 2014 yilga kelib 232 mingga tushgan.

Ayni paytda rus aholisining soni shiddat bilan ortgan va ularning nisbati qrim tatarlari deportatsiya qilingan mash'um 1944 yilgi holat (70 foiz)ga yaqinlashgan.

Tarixiy ma'lumot

Ukraina 1991 yilning 24 avgustida sobiq ittifoqdan mustaqil bo‘lgan. 1990 yilning 1 dekabrida Ukrainada o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, 90 foizdan ortiq fuqaro, jumladan, Qrim muxtoriyati ahli mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berishgan edi.

2004 yilga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Ukrainada rangli inqilob natijasida Kreml tomonidan qo‘yilgan nomzod o‘rniga xalq irodasi bilan Yushenko va Timoshenko tarafdorlari maydonga chiqdi.

Biroq ko‘p o‘tmay, Putinning gilamosti o‘yinlari natijasida Kiev kremlparast Yanukovich qo‘liga o‘tdi.

Yanukovich Kiev Maydoni tomonidan mamlakatdan quvilgach, Rossiya qasdma-qasd Sevastopolda va Qrimda qo‘poruvchilik hamda bosqinchilik siyosatini boshladi.

Qrim prokurori Natalya Poklonskaya 2015 yilning 15 fevralida Qrim tatarlari majlisini taqiqlash haqida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Majlisning sobiq raisi¸ qrim tatarlari lideri Mustafo Jamilev 2016 yil yanvaridan boshlab Rossiya tomonidan federal qidiruvga berilgan.

Qrim tatarlari Putinning g‘arazli siyosati tufayli tag‘in o‘z huquqlaridan va yerlaridan ajralarkan, Ukraina-Rossiya mojarosi hanuz tugagani yo‘q.

Botir Rajabov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 december 2021
Nihoyat, ma'naviy ruhiy bo‘shliqda ekanmiz, ratsional fikr egalari tomonidan e'tirof etila boshlangach, ko‘pchilik o‘z holatini tushinib olsa kerak. Adabiyot ...
18 october 2025
29 iyundan 30 iyunga o‘tar kechasi Tojikistonda 27 yashar xotin 4 bolasini o‘ldirdi.  Halimova Madina o‘zi va bolalarini Suxob ...
20 april 2016
Xususan, «XXI asr» gazetasining yozishicha, 2015 yilda O‘zbekiston bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7,7 ...
11 january 2016
Bugun  Prezident rezidentsiyasi oldida piket o‘tkazganlari uchun olib ketilgan namoyishchilarning soat kechki 22.00 da  qo‘yib yuborilgani xabar yetib keldi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...