Asosiy mavzular
9 april 2023

9 aprel – Junaid Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzoladi

Junaidxonning Rossiya bilan ushbu kelishuvi Xiva xonligining Taxta qal'asida imzolangani uchun “Taxta shartnomasi” deya tarixga kirgan.

Bitim Sovet hukumati Xiva xonligi ustidan Chor davridagi hukmronligini qayta tiklash uchun “vaqtdan yutish” tadbiri sifatida qaraladi.

1919 yilning 9 aprelida Xiva xonligi manfaatlarini bolsheviklar tajovuzidan Xivaning so‘nggi xoni Said Abdullo nomi bilan himoya qilaëtgan Junaidxon va Kreml vakili (TurTsIKning Xiva ishlari bo‘yicha favqulloda komissari) A.F.Xristoforov “sulh bitimi”ni imzolashadi.

Bitim yuzasidan muzokaralar Xivadan 20 km uzoqlikdagi Taxta qal'asida 7 aprelda boshlanib, ikki kun davom etadi.

Muzokarada Xiva xonligi tomonidan Junaidxon (hujjatlarda Muhammad Qurbon Sardor Xon-Junaid), Xon eshon va Sovet tajovuziga faol qurolli qarshilik olib boraëtgan turkman otliq guruhlarining sardorlari va Xiva xoni Said Abdullaxonning vakili (ismi aniqlanmagan) qatnashadi.

Kreml tarafini TurTsIKning Xiva ishlari bo‘yicha favqulloda komissari A.F.Xristoforov tamsil qiladi.

Ikki kun davom etgan muzokaralar ortidan imzolangan “tinchlik kelishuvi” tomonlarga o‘q otishni to‘xtatish va ma'lum jabhalarda orqaga chekinish majburiyatini yuklaydi.

Bu kelishuv 1919 yilning 26 aprelida TurTsIK tarafidan tasdiqlanib, inobatga olingan.

Sovet Turkistonining sakkizinchi qurultoyida qilingan asosiy ma'ruzada mazkur hujjat “sovetlarning ulkan diplomatik yutug‘i” sifatida qayd qilingan.

“Taxta shartnomasi” imzolanishi tadbiridagi Kreml tamsilchilaridan yana biri N.Vostrikova bitim bilan bog‘liq tafsilotni o‘z esdaliklarida qayd etgan.

Unga ko‘ra¸ bitimdan bir kun o‘tib favqulloda komissar A.F.Xristoforov boshchiligidagi missiya Xivaga boradi va 11 aprel kuni Xivaning so‘nggi xoni Said Abdulla tarafidan qabul qilinadi.

Said Abdullaxon kelishuv imzolangani munosabati bilan sovetlarga oziq-ovqat ehson qiladi.

Vostrikovaga ko‘ra¸ Said Abdulloning bu ehsoni ochlikdan o‘lar holiga kelgan qizil askarlar uchun ayni muddao bo‘lgan.

Said Abdullo farmoni bilan Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To‘rtko‘l) shahridagi Qizil Armiya askarlariga 6 ming pud bug‘doy va arpa beriladi.

Bu “ehson” uch kun ichida Qizil Armiyaning Amudarë bo‘limi askarlariga yetkaziladi.

Eltuz.com muxbiri tanishib chiqqan tarixiy hujjatlarda ushbu bitim Kreml tarafidan tezda buzilgani haqida ma'lumotlar mavjud.

Bitimdan uch oy o‘tar-o‘tmas, Kreml nomidan RVS (Revolyutsionnыy voennыy sovet) 1919 yilning 12 iyulida Chorjo‘yga telegramma yuborib, Amudarë garnizonini hujumga tayërlashga buyruq beradi.

1920 yil 2 fevralda bolsheviklar Junaidxon lashkarini mag‘lubiyatga uchratib, xonlikni zabt etdilar.

Said Abdullaxon taxtdan tushirilib, uy qamog‘iga olindi, Junaid esa Qoraqumga chekindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 september 2017
7 sentyabr kuni, «Do‘stlik» KPPning rasmiy ochilishidan bir kun o‘tib, o‘shlik huquq himoyachisi Izzatulla Raxmatullaev chegaraning yana yopilgani haqida ...
6 december 2021
«Albatta, keragidan ko‘p xato qilganmiz, ulardan juda afsusdaman. Eng katta xatoim sud, jin ursin, mustaqil sud tizimini tuza olmaganimiz ...
19 december 2025
«Dunyo shunday bir nuqtaga keldiki, endi hech kim chetda tura olmaydi. Lekin har bir davlat o‘z milliy manfaatlarini himoya ...
2 march 2017
28-fevraldan 2-martgacha Istanbulda bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sarmoyalar yotqizilishini va'da ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...