ART-DURBIN
19 september 2025

Shayton-arava mingan amerikalik talabalar 125 yil oldin Samarqandga qanday yetib oldi

veloprobegAmerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) 1890 yilning iyunida Nyu Yorkdan Liverpulga kemada kelib dunë bo‘ylab 3 yil davom etgan saëhatini boshlashdi. Ikkovlon 1891 yilning kuzida Yevropani kesib o‘tib o‘sha paytda rus ishg‘oli ostida bo‘lgan Markaziy Osië tuproqlariga yetib olishdi.

Saëhatchilar bugungi zamonaviy O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston joylashgan yerlarning barisini kezib Qoshg‘ar orqali Xitoyga o‘tib ketishdi.

Ular fotoga olgan tasvirlarda Markaziy Osiëda hizmat qilgan rus ishg‘olchi generali Kuropatkin, hamda Samarqand va Toshkentdagi chor gubernator saroylari aks etgan.

Yurtkezarlar Markaziy Osiëdagi qadim shaharlarining muhtasham ko‘rinishlarini, ishg‘ol ostidagi yurtning kolonial turmushini fotoapparat shishasiga muxrlashadi.

Bugungi til bilan aytganda bu fotografiyalar selfi suratning bir turi edi. Ammo bu selfi go‘zal kompozitsiyaga ega bo‘lgani holda “tashkillashtirilgan”, “yaltiroq” shodonlikdan uzoq edi.

Bugun oradan 125 yil o‘tib chet el sayëxining O‘zbekistonda bu qadar erkin harakatlanishi va bemalol surat chekishini faqat orzu qila olamiz xolos.

1-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%b1%d0%b5%d1%81%d0%b5%d0%b4%d1%83%d0%b5%d1%82-%d1%81-%d0%b3%d0%b5%d0%bd%d0%b5%d1%80%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%bc-%d0%ba%d1%83%d1%80
1-noyabr. Allen ishg‘olchi general Kuropatkin bilan Ashxobod yaqinidagi ot poygasida.
8-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%be%d1%81%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d1%86%d0%b5%d1%80%d0%ba%d0%be
8-noyabr. Samarqand. Bosqinchi ruslar joylashtirilgan mahalladagi nasroniy cherkovi.
13-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5%d0%b7%d0%b6%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b4%d0%be
13-noyabr. Samarqand. Allen gubernator uyiga kirib kelmoqda.
14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d0%bf%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d1%82%d0%ba%d0%b0-%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b3%d0%be%d0%b2%d1%86%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%83
14-noyabr. Samarqand markazidagi do‘konchi chodiri
14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%ba%d0%bc%d0%b0%d1%85%d0%b5%d1%80-%d0%b4%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%bd%d0%b0
14-noyabr. Samarqand markazidagi do‘konlardan biri
14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d0%bc%d0%b5%d0%b4%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%b5-%d1%88%d0%b5%d1%80%d0%b4%d0%be%d1%80-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf
14-noyabr. Samarqand.Sherdor madrasasi. Registon.
14-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%b0%d1%80%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b4-%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%81-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%b2%d0%be-%d0%b4%d0%b2%d0%be%d1%80
14-noyabr. Samarqand. Tomas Allen Bibi Xanim maqabarasi xovlisida
16-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%81-%d0%b0%d0%bb%d0%bb%d0%b5%d0%bd-%d0%b2%d1%8b%d0%b3%d1%80%d1%83%d0%b6%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%be%d1%81%d0%b8%d0%bf
16-noyabr. Tomas Allen Zarafshon darësidan kechaëtib velosipediga narsalarini yuklamoqda. Samarqandan Chinozga qarab ketadigan yo‘l.

19-%d0%bd%d0%be%d1%8f%d0%b1%d1%80%d1%8f-%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d1%8f%d0%b5%d0%bc-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d0%be%d0%bc-%d1%81-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b8%d0%bc%d0%b8-%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%be

19-noyabr. Velosipedlarni Sirdarëda suzadigan paromga yuklanishi. Parom ikki yassi qayiq ustiga o‘rnatilgan.

Fotografiyalar: manybooks.net. Tarjima: Art Durbin

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi, 
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 may 2016
Ha, choyxo‘rlikda bizning oldimizga tushadigani yo‘q ekan dunyoda. Blogimni bir choynak achchiq choy ichib olib keyin yozaman deb o‘yladimu, ...
8 january 2025
Tahlilchi Alisher Ilhomov yozadi: Ramzan Qodirovning so‘nggi bayonotiga yana bir izoh bermoqchiman. Bu baënotda Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti kuëvi ...
13 april 2021
Taniqli publitsist va davlat arbobi, Sharof Rashidov va Islom Karimov davrida hukumat lavozimlarida ishlagan Sharof Ubaydullaev “Ozodlik” radiosiga intervyusida ...
6 october 2025
Axmad Beyjon Erjilasun Eshik takilladi. “Nega buncha qattiq urishadi”, deb o‘yladi Gulnor va eshikni ochdi. Ostonada Korlig‘ashev turardi. Sochlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...