Document UZ
26 january 2018

Bir guruh o‘zbeklar prezidentdan Muhammad Solihni yurtga qaytarishni so‘rashdi

23 yanvar kuni bir guruh o‘zbekistonliklar muxolifat lideri Muhammad Solihni “vatanga qaytarish”ni so‘rab prezidentga murojaat xati yozishdi.

“Endi biz qo‘rqmaymiz. Siyosiy yo‘ldan boramiz!” dedi «Eltuz» nashriga intervyu bergan tashabbus ishtirokchilaridan biri shoir Mahmud Rajab.

26 shaxs, jumladan, Mahmud Rajab, Ilhom Aliev va Aminboy Qodirov tashabbusi bilan yozilgan murojaatga feysbuk tarmog‘ida imzo to‘plash davom etmoqda.

«Haq-huquqlari poymol qilinib, chet ellarda quvg‘inda yurgan vatandoshlarimizni, xususan, muxolifat lideri, shoir Muhammad Solih nomini oqlab, Vatanga qaytarish vaqti allaqachon yetdi, deb o‘ylaymiz», deyiladi murojaatda.

Dastlab prezident Shavkat Mirziyoevdan muxolifat lideri Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rash tashabbusini 30 dekabr kuni toshkentlik huquq faoli Sur'at Ikromov ko‘tarib chiqqan edi.

Bunday chaqiriq sababini u “har qanday davlatda muxolifat bo‘lishi kerakligi” bilan izohlagan edi.

Kuzatishlariga asoslanib, huquq faoli o‘z bayonotida Muhammad Solih mamlakatga qaytishi kerakligini bildirgan edi.

Muhammad Solihni vatanga qaytarish tashabbusi ishtirokchilari 90-yillar oxirida so‘ndirilgan siyosiy faoliyatning tiklanishi uchun bu dastlabki qadam bo‘lishini bildirishmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 december 2018
O‘zbekistonda 2017 yilda 13 foiz kishi o‘z ixtiyoriga qarshi ravishda paxta terimiga jalb qilingan bo‘lsa, 2018 yilda bor-yo‘g‘i 7 ...
9 august 2021
Rassom Tuz
7 march 2017
Andijon shahrida yashovchi H. juda kelishgan, ko‘rkam yigit. Maxalladoshlari uni mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduga o‘xshatishadi. Qo‘shnilarining aytishicha, H. aqlli, ...
1 july 2020
Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilishmi? O‘zbekiston paxta sektorini xususiylashtirish jarayonidagi xatarlar Power Briefs turkumining O‘zbekistondagi paxta sektorini xususiylashtirish jarayonida asosiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...