Document UZ
6 april 2018

Ochiq tenderlar bekor qilinib, qurilish ob'ektlari hokimliklar qo‘liga o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoevning moliya tizimi va tender «o‘yinlar»ini tanqid qilgani ortidan O‘zbekistonda ochiq tender savdolari bekor qilindi va davlat ob'ektlari qurilishiga pudratchilarni tanlash viloyat hokimliklari vakolatiga o‘tdi.

Bu haqda «Eltuz»ga yangi tartibdan xabardor qurilish pudratchisi xabar berdi va jurnalistik surishtiruv natijasida olingan rasmiy hujjatlar bo‘yicha ham mavjud faktlar tasdiqlandi.

«Eltuz» o‘rgangan ma'lumotlarga ko‘ra, shu yilning 14 martida O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining №1927/10-04 sonli xatiga asosan, smeta qiymati 10 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan uy-joylar va ijtimoiy soha ob'ektlari qurilishi bo‘yicha ochiq tender savdolari bekor qilingan va pudratchilar faqatgina hokimliklar tomonidan tavsiya etilgan qurilish tashkilotlari orasidan tanlab olinadi.

Ushbu holat bo‘yicha qo‘mitaning 11 banddan iborat nizomi ham foydalanish uchun qabul qilingan. Mazkur nizom hamda hokimliklar va idoralarga jo‘natilgan xatlar nusxasi «Eltuz»da mavjud.

Yangi tartibdan xabardor o‘zbekistonlik quruvchilardan biri ham «Eltuz» muxbiriga bergan suhbatida bu holatni tasdiqladi.

«Hokimliklar ochiq tenderlarsiz, o‘zlari quruvchilarni tavsiya qilib, o‘zlari tanlashmoqda, bu esa bozor sharoitida tadbirkorlar uchun yagona raqobat muhitining buzilishiga, qolaversa, mahalliychilik va tanish-bilishchilikning yanada rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Umumiy aytganda, bu holat oldin ham mavjud bo‘lgan korruptsiyaning legallashganidir», – deb fikr bildirdi u.

Umid Erkin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2024
Kun surati
9 september 2025
Amerika bozoriga kirib borish oson jarayon emas. Buning uchun qator xalqaro darajadagi yangi sertifikatlarga ega bo‘lish talab etiladi. Shu ...
29 december 2025
Muqaddam butun ittifoq kinochilari uchun institut bo‘lgan, hozirda Rossiya san'atini namoyon qilishi ko‘zda tutilgan oliygoh mutlaqo yot g‘oyalrni targ‘ib ...
8 september 2021
Har bir insonning asosiy vazifasi qalbidagi insoniylikni saqlay olishdir», deb yozgan edi XX asr boshlarida ëzuvchi Anton Chexov. Bugun, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...