Document UZ
6 april 2018

Ochiq tenderlar bekor qilinib, qurilish ob'ektlari hokimliklar qo‘liga o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoevning moliya tizimi va tender «o‘yinlar»ini tanqid qilgani ortidan O‘zbekistonda ochiq tender savdolari bekor qilindi va davlat ob'ektlari qurilishiga pudratchilarni tanlash viloyat hokimliklari vakolatiga o‘tdi.

Bu haqda «Eltuz»ga yangi tartibdan xabardor qurilish pudratchisi xabar berdi va jurnalistik surishtiruv natijasida olingan rasmiy hujjatlar bo‘yicha ham mavjud faktlar tasdiqlandi.

«Eltuz» o‘rgangan ma'lumotlarga ko‘ra, shu yilning 14 martida O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining №1927/10-04 sonli xatiga asosan, smeta qiymati 10 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan uy-joylar va ijtimoiy soha ob'ektlari qurilishi bo‘yicha ochiq tender savdolari bekor qilingan va pudratchilar faqatgina hokimliklar tomonidan tavsiya etilgan qurilish tashkilotlari orasidan tanlab olinadi.

Ushbu holat bo‘yicha qo‘mitaning 11 banddan iborat nizomi ham foydalanish uchun qabul qilingan. Mazkur nizom hamda hokimliklar va idoralarga jo‘natilgan xatlar nusxasi «Eltuz»da mavjud.

Yangi tartibdan xabardor o‘zbekistonlik quruvchilardan biri ham «Eltuz» muxbiriga bergan suhbatida bu holatni tasdiqladi.

«Hokimliklar ochiq tenderlarsiz, o‘zlari quruvchilarni tavsiya qilib, o‘zlari tanlashmoqda, bu esa bozor sharoitida tadbirkorlar uchun yagona raqobat muhitining buzilishiga, qolaversa, mahalliychilik va tanish-bilishchilikning yanada rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Umumiy aytganda, bu holat oldin ham mavjud bo‘lgan korruptsiyaning legallashganidir», – deb fikr bildirdi u.

Umid Erkin
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 november 2019
Qashqadarë viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil ...
19 august 2025
Toshkent shahrida qurilayotgan Hasti Imom majmuasida joylashgan Islom tsivilizatsiya markazi binosida yong‘in sodir bo‘ldi. FVVvazirligiga ko‘ra, 19 avgust kuni  ...
10 may 2023
Ilgari Eltuz xabar qilganidek, Germaniyaga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Berlin ...
19 january 2021
O‘zbekiston rasmiylarining bildirishicha, 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda chaqaloqlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq 185 ta holat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...