Ko‘zqarash
29 december 2025

VGIK – Putin propagandasi karnayi

Muqaddam butun ittifoq kinochilari uchun institut bo‘lgan, hozirda Rossiya san'atini namoyon qilishi ko‘zda tutilgan oliygoh mutlaqo yot g‘oyalrni targ‘ib etuvchi makonga aylandi. 

Biz, O‘zbekiston fuqarolari,  VGIKda milliy kinematografiyamizni rivojlantiramiz deb o‘qib yuribmiz. Bizga rus dunyosi haqidagi targ‘ibotlar ham,  maxsus operatsiyani oqlovchi propaganda ham qiziq emas. 

Ruslar uchun kino haliyam asosiy san'at turi hisoblanadi.  Ular kino borasida Lenin vasiyatiga haliyam to‘liq amal qilganlari sabab har darsimiz propagandaga aylanadi. 

Endi esa biz, VGIK talabalari, Putin fondi orqali rus tilini targ‘ib qilish vositasiga aylandik. 16 filial orasida aynan bizning bo‘lim O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qiluvchi vositaga aylandi, chunki VGIK rektori Putinning vakili sifatida bu mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. U filialni O‘zbekistonga muhabbatidan emas, bu yerda, O‘zbekistonda rus mafkurasini targ‘ib qilish maqsadida ochgan. 

Bezrukovga qarshi tanqidlar fonida VGIK rektori Putinning Prezident Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi ko‘magida ushbu filmni Rennesans kinoteatrida namoyish qildirdi. Ozod O‘zbekistonning uyg‘onish davri sharafiga nomlangan Rennesans kinoteatrida Rossiyaning propaganda kinosi namoyish etilmoqda. 

Ikki xil standartlar. O‘lmagan qul hali bundan battarlarini ham ko‘raverarkan.

Tag‘in o‘qing
2 december 2019
Bu yil O‘zbekistonda qishga tayyorgarlik hatto o‘tgan yildagidan ham yomonroqdir. Bu tegishli idoralarning sabotajimi yoki hukumatning navbatdagi no‘noqligimi? “Sabotaj ...
25 february 2022
Qadrdonlarim bormisiz? Omonmisiz? O‘tgan xafta kasal bo‘lganlar bugun tuzalganidan¸ o‘tkan hafta puli yo‘qlar bugun boyib bitib ketganidan xursandman. Bugun ...
5 january 2026
Siz qila olmaydigan narsalar, qila oladigan ishlaringizga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymang. 
1 december 2016
4 dekabr kuni prezidentlik saylovida nomzodi qo‘yilgan bosh vazir Shavkat Mirziyoevga laganbardorlik motivlari shu kunlarda o‘zining cho‘qqisiga yaqinlashmoqda. Shu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...