Document UZ
22 november 2018

RFE/RL: «Ozodlik» muxbiri uyining musodara qilinishi siësiy o‘ch olishdir!

Shu yilning 23 noyabrida Urganch tumani ma'muriy ishlar sudi jurnalistlar uyi musodara qilingani yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib chiqadi.

Mahkama oldidan «Ozod Yevropa – Ozodlik radiosi» (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi baënot chiqarib, «Ozodlik» jurnalisti Shuhrat Bobojonovga tegishli Urganch tumanidagi hovlining musodara qilinishini “jurnalistning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq siësiy o‘ch olish”, deb atadi. Ayni baënotda «Ozodlik» muxbirining jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan ikki ukasi – G‘ayrat va Qudrat Bobojonovlarga tegishli uylar ham musodara qilingani qoralanadi.

Jurnalistlarning uylarini musodara etish qarori qabul qilingan 2018 yil fevralidagi mahkama jaraënini o‘rganib chiqqan Toshkentdagi “Simay” advokatlik idorasi huqushunoslariga ko‘ra, jaraënda sud protsessual normalari buzilgan, uy egalari sudda qatnashtirilmagan va ëlg‘on guvohliklardan foydalanilgan. Sud qarori esa olti oy o‘tib, shu yilning 27 avgust kuni uy egalariga berilgan.

Shug‘rat Bobojonovning uyi

Qaror chiqargan hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangan

Uyni musodara qilish tashabbusi bilan sudga Urganch tumani hokimi o‘rinbosari Bekzod Abdrimov murojat qilgan.

Xorijda yashayotgan jurnalistlarning Urganchdagi mulklarini tortib olish iddaolarini o‘rganarkan, «Eltuz» nashri Urganch tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 29 yashar Bekzod Abdrimovning shu yilning 1 iyulida pora ustida qo‘lga olingani haqidagi faktlarga duch keldi.

Abdrimov joriy yilning 10 iyunida birovning uy-joyini boshqa birovga pora evaziga rasmiylashtiraëtgan paytida DXX tarafidan ushlanib, ishi sudga oshirilgan. Tuman hokimi esa ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan olingan edi.

Xorazm viloyati televideniesi orqali 6 iyulda efirga uzatilgan ko‘rsatuvda DXX viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan Bekzod Abdrimovning 5 million so‘m pora olgan paytida ushlangani aytiladi.

Aniqlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari bu pulni tuman hokimining Urganch tumanida joylashgan 5 sotixli tomorqaga egalik huquqini taqdim etuvchi qarorini chiqarib berish uchun olgan.

B.Abdrimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bekzod Abdrimov Fuqarolarning mulkka egalik qilish masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi raisi ham bo‘lgan.

G‘ayrat Bobojonov

«Yurtimizni yomonlaganlar uyini tortib olamiz!»

Ayni masala yuzasidan kassatsiya arizasi berganlarga mahalliy hokimiyat organlari tarafidan bosim o‘tkazilgan. “Bizga yuqoridan topshiriq bor. Yurtimizni ëmonlagan jurnalistlarning uyini tortib olamiz”, deb aytishgan.

Urganch tumani hokimligi davosi asosida sud Qudrat va G‘ayrat Bobojonovlarga tegishli turar joy, yer uchastkalarini «egasiz qoldirilgan», deya hal qiluv qarori chiqargan.

«Bu uyda mening o‘g‘lim oilasi bilan turadi. Lekin sud qarori chiqqanidan olti oy o‘tib bizga ijro varaqasini jo‘natishyapti», deydi shu mulk egalaridan biri, Urganchda yashayotgan G‘ayrat Bobojonov.

Unga berilgan, Urganch tumani sudyasi O‘.Masharipov imzolagan ijro varaqasida «Qorovul qishlog‘i, «Shodlik» mahallasi, «Ziyokor» ko‘chasi, 14-uyda joylashgan turar joy egasiz deb topilsin va Urganch tumani hokimligi balansiga o‘tkazilsin», deb yozilgan.

Shunga ikki tomchi suv kabi o‘xshash hujjat Shuhrat Bobojonov nomiga ham kelgan. Uning ham Urganch tumanida ikki qavatli uyi bor edi. Hokimlik qarorida yozilganidek qarovsiz emas edi.

MXXning so‘nggi zarbasimi?

«Arboblar» MFYning «Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan faoliga ko‘ra, shu yilning boshida MXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari mahalla raisi B.Bekberganovga tazyiq o‘tkazib, sudda Bobojonovlarga qarshi ëlg‘on ma'lumot berishga majburlangan.

«Eltuz» nashri jurnalisti Qudrat Bobojonning fikricha, hokimiyat organlarining bu harakatlari uning, akasi va ukalarining jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq.

Qudrat Bobojon, «Eltuz» nashri jurnalisti 

«Chunki aynan bizning nashrimizda keyingi bir necha yil ichida MXXning ko‘plab zobitlari kirdikorlari fosh etildi. To‘g‘ri, Karimov davrida ham bizni gazetalarda qoralashgan, xususiy televideniemizni yopib, so‘z erkinligidan mahrum qilishga urinishgan, nomimizni badnom qilishga harakat qilib kelishgan, lekin hech bir mulozim uyimizni tortib olish darajasigacha bormagan edi», deydi Qudrat Bobojonov.

2005 yil Andijon voqealarini yoritganligi sabab ta'qibga uchragan jurnalist Qudrat Bobojon mamlakatni tark etib, Shvetsiyada yashay boshlagan, bugungi kunda uning farzandlari va nabiralari Urganchda yashamoqda. Uning akasi, «Ozodlik» radiosi jurnalisti Shuhrat Bobojon esa Urganchdagi xususiy «Ey El Si» telekanali tugatilganidan keyin 2001 yili mamlakatni tark etgandi.

«Onangiz o‘g‘illari uchun kechirim so‘rasin!»

Bobojonovlarning onasi 75 yashar Shukurjon Madrahimova yashaydigan Urganch tumanidagi uyga 2017 yilning 18 aprelida bir nechta notanish ayol hujum uyushtirishgandi.

Bobojonovlarning onasi Shukurjon Madrahimova

Xonadonga bostirib kirgan ayollar uning o‘g‘illarini “Vatan xoinlari” deya, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishgan, yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida telefonini tortib olib, yerga uloqtirishgandi.

G‘alati tomoni shundaki, voqea sodir bo‘lgan zahoti uchastka militsiyasi xodimi bilan xalq orasida «Bakvargan qassob» deya tanilgan Urganch tumani «Arboblar» mahallasi raisi kirib kelgan.

Onasiga qilingan hujumdan militsiyaga shikoyat arizasi yozmoqchi bo‘lgan Bobojonovlarning singlisi Barnoni bu harakatdan to‘xtatib: «Undan ko‘ra onangiz kechirim so‘rasin o‘g‘illarining qilmishi uchun!» degan edi u o‘shanda.

Militsiya Madrahimova arizasini qabul qilmagach, uni respublika prezidenti Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga yo‘llashgan.

Bobojonovlarga tegishli mulkning egasizligi haqidagi sud hujjatlari, qaror va ijro varaqalarining olti oylik shikoyat muddati o‘tganidan keyin atay o‘tib ochiqlanishi bu harakatlarda siyosiy motivdan ko‘ra, ko‘proq shaxsiy manfaatlar ham yashiringanligini ko‘rsatadi.

Siyosiy qarashlari uchun shaxslarning mulkini tortib olish holati hatto O‘zbekiston uchun ham kam uchraydigan hodisadir. Aka-uka Bobojonovlar masalani huquqiy tartibda hal qilish uchun advokatga murojaat etishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 october 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
26 march 2016
O‘zbekiston bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika va askar kiritgani munosabati bilan Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchisi maslahatlashuvlar uchun Bishkekka ...
24 november 2015
O‘zbekistonlik taniqli imom Obid qori Nazarovga suiqasd qilganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Yuriy Jukovskiy ustidan olib borilayotgan mahkama jarayoni shved matbuoti ...
17 june 2019
Bosh prokuraturaning Andijonda besh nafar ayolning aldov qurboniga aylanishiga sabab bo‘lgan mutasaddilarni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi taqdimnomasi aslida viloyat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...