Document UZ
28 november 2018

Jurnalistlar uyini tortib olish qarorini chiqargan sudyaning o‘zi uni o‘z kuchida qoldirdi

Urganch tumanlararo fuqarolik sudining 27 noyabr kuni sudya O‘tkir Masharipov raisligidagi majlisida jurnalist aka-uka Bobojonovlarning uyini musodara qilish borasidagi quyi sud instantsiya qarori o‘z kuchida qoldirildi.

Gap shundaki, aka-uka Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqida 2018 yil fevral oyida chiqarilgan sud qarorini ham shu sudyaning o‘zi qabul qilgan edi.

Ya'ni sudya o‘zi qabul qilgan qarorni yana o‘zi kuchda qoldirdi.

Bobojonovlar advokatining «Eltuz» nashriga bildirishicha, «O‘tkir Masharipovning har ikkala qarori ham mahalliy hokimlik ta'sirida va mavjud qonunlarga zid tarzda qabul qilingan».

Bobojonovlar Urganch tumani sudining 27 noyabr kuni chiqarilgan qarori ustidan shikoyat arizasi ëzishlarini bildirishdi.

22 noyabr kuni «Ozod Yevropa – Ozodlik radiosi» (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi ma'muriyati bu amalning jurnalistlardan o‘ch olinishi ekanini haqida baënot chiqargan, uning nusxasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga jo‘natilgan edi.

Ayni baënotda «Ozodlik» muxbirining jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan ikki ukasi – G‘ayrat va Qudrat Bobojonovlarga tegishli uylarning ham musodara qilingani qoralangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2016
Bu haqda ma'lum qilgan RMK prezidenti, Rossiya prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari kengashi a'zosi Boris Kravchuk: ...
18 may 2021
“Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning xabar berishicha, O‘zbekistonga go‘yoki yirik investitsiyalarni amalga oshirish uchun kirib kelgan oligarx Fattoh ...
20 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Murod Muhammad Do‘st bilan bizning yo‘llarimiz ayrilgan edi. Men Karimovga muxolif kampda, Murod esa Karimov ...
7 june 2021
Advokat Umid Davletov termizlik bloger, 42 yoshli Otabek Sattoriy ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati kiritgani, lekin hali sud kuni belgilanmaganini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...