Document UZ
10 january 2019

O‘zbek-ispan shirkati ishchisi majburiy mehnat qurboni bo‘ldi

Olmaliqdagi «Ammofos-Maksam» shirkati ishchisi, 2018 yilgi paxta mavsumida majburiy terimga olib chiqilgan  24 yoshli Sohibjon Mutalibov Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani shifoxonasida olamdan o‘tdi. Mahalliy yigit bilan mushtlashuvda uning bosh chanog‘i urib yorilgan edi.

Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida joylashgan «Ammofos-Maksam» mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yirik shirkatdir.

Mutalibovlar oilasi yashaydigan Olmaliq shu yagona ish beruvchi korxona mavjud bo‘lgan anchagina qashshoq bir shahardir. Sohibjon «Ammofos-Maksam» kimyo zavodida o‘limiga qadar besh yil ishladi va har yili kuzda paxtaga olib chiqildi.

Uning oilasi mushtlashuvga nima sabab bo‘lganini bilmaydi, hozirgi paytda bu yuzadan sud tergovi davom etmoqda.

Sohibjonning o‘limidan so‘ng uning otasi Ibrohim shirkat rahbarlari bilan uchrashishga urindi, biroq bunga yo‘l berilmadi. Oila zavod kasaba uyushmasidan faqat 600 dollar oldi.

Sohibjon Mutalibov o‘z ish beruvchisining paxta terishga chiqarish talabini rad qila olmasdi, chunki u oilasining yagona boquvchisi bo‘laroq, ishdan bo‘shatishlarini istamasdi.

O‘zbekistonda 2018 yilgi paxta mavsumida mamlakat bo‘ylab davlat va xususiy sektorda ishlovchi yuz minglab xodimlar ishdan bo‘shatish tahdidi ostida majburiy mehnatga jalb qilindi.

O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF) tayyorlagan videoni «Eltuz» tahririyati o‘zbek tiliga o‘girdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 april 2017
Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi ëzuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. ...
2 july 2025
Filadelfiya, AQSh – AQSh prokuraturasi ma'lum qilishicha, ikki o‘zbek – 30 yoshli Bekzod Raxmatov (Oxaë shtatida yashaydi) va 31 ...
25 december 2017
22 dekabr kuni Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etarkan, to‘rt soatlik uzluksiz nutqida, jumladan, deputatlarning o‘ta passivligini kesatib ...
21 november 2025
Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti. Klasterning fermerlardan milliardlab qarzi borligi aytilmoqda. «Daryo» nashrining ma'lum qilishicha, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...