Document UZ
15 february 2021

Prezident kuyovi: avtohalokat xronikasi

O‘zbekiston prezidentining kenja kuëvi Otabek Umarov 13 fevral soat 18lar atrofida Toshkent markazidagi ko‘chada yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmati (PDDX) rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Otabek Umarov avariyaga uchragani haqida hozirga qadar rasmiy manbalar lom-mim degani yo‘q.

13 fevral kuni kechki payt xalq orasida “Prezident trassasi” nomini olgan Toshkentning Pushkin metro stantsiyasi yaqinida katta tezlikda ketaëtgan mototsikl va yengil mashina o‘rtasida xavfli holat yuz bergan.

Mototsiklda bo‘lgan Otabek Umarov yengil avtomobilga chap berish uchun rulni buradi va yo‘l chetidagi beton bordyurga zarb bilan uriladi.

Bu hodisa yo‘l-patrul xizmati tomonidan qaydga olingani yo‘q.

Avariyada Umarovning o‘ng oyog‘i bir necha joyidan singan, chap oyog‘i suyaklari qattiq zarba oqibatida maydalanib ketgan.

Umarov xalq orasida 16-gorbolnitsa deb ataladigan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markaziga 13 fevral kuni soat 19lar atrofida olib kelingan.

Kasalxonadagi shifokorning aytishicha, Otabek Umarov qariyb olti soat opertsiya qilingan.

Umarov oëqlariga “Ilizarov temirlari” o‘rnatilgan.

Sovet jarrohi Gavriil Ilizaarov ixtiro qilgan bu moslama asosan oëqlardagi suyaklar avariya oqibatida sinib parchalanib ketgan paytda qo‘llaniladi.

Yakshanba kuni, ya'ni hodisaning ertasi kuni kunduzgi 12dan o‘tganda Toshkent aeroportiga Germaniyaning Nyurnberg shahridan maxsus jihozlangan tibbiët samolyoti kelib qo‘ngan.

Tarmoqlarda keng tarqalgan “Kuëvning miyasi lat yebdi”, degan iddao o‘z tasdig‘ini topmadi.

14 fevral kunning ikkinchi yarmida Umarov o‘ziga kelib yaqinlari bilan gaplashgan.

«Eltuz» voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 november 2017
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi internetdagi «ichki ishlar idoralari obro‘sini to‘kuvchi» ma'lumotlarni ...
7 january 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri bilan qirpichoq bo‘lishi, Xushnud ...
9 june 2017
Chala bitkazib topshirilayotgan, prezident buyrug‘i bilan qurilayotgan «Namunali uylar» haqida ko‘p aytildi. Chunonchi, bu binolarga ishlatiladigan eshik oynalarning o‘g‘irlab yo‘q ...
5 february 2020
Xitoyning Uxan shahridan uchgan Uzbekistan Airways aviashirkati uchog‘ida kelgan 84 nafar yo‘lovchi 5 fevral kuni Toshkent aeroportida himoya vositalari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...