Document UZ
24 may 2021

Litva Ryanair uchog‘ining Belarusga majburiy qo‘ndirilishiga oid tergov boshladi

Litva Bosh prokuraturasi Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga parvoz qilayotgan uchog‘i minalashtirilgani iddaosi bilan Minskda majburan qo‘ndirilishi va yo‘lovchilarga nisbatan xalqaro huquqlarga zid munosabat yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘adi, ish Litva Jinoyat kodeksining ikki moddasiga asosan ochilgan.

«Samolyotni garovga olish va odamlarga nisbatan xalqaro huquqlarda taqiqlangan muomala qilish bo‘yicha sudgacha tergov ishi boshlandi», dedi Litva Bosh prokuraturasi kommunikatsiya bo‘limi boshlig‘i Elyana Martinonene 24 may kuni.

O‘z navbatida, Litva politsiyasi bosh komissari o‘rinbosari Arunas Arlauskas ham havo kemasini garovga olish intsidenti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida bayonot berdi. «Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shu bugunoq ekipaj a'zolari va yo‘lovchilarning ayrimlari guvoh sifatida so‘roq qilinadi», dedi u.

Politsiya xodimiga ko‘ra, samolyotda katta ehtimol bilan ziddiyat kelib chiqqan, janjal chog‘i uchoqda portlovchi moslama borligi e'lon qilingan. «Bu Minskka qo‘nish sabablaridan biri edi», dedi u. Ertasi kuni kechqurun Litva politsiyasi Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha sudgacha tergov boshlanganini e'lon qildi.

Afinadan Vilnyusga parvoz qilayotgan uchoq ekipaji 23 may kuni belaruslik dispetcherlardan samolyot bortining minalashtirilgani va Minskka qo‘nish lozimligi haqidagi topshiriqni olishadi. Laynerni qarshi olish uchun Belarusning MiG-29 harbiy uchog‘i havoga ko‘tarildi.

Minsk aeroportidagi xavfsizlik xizmati uchoq bortida hech bir shubhali narsani aniqlamadi va besh soat o‘tgach, parvozning davom etishiga ruxsat berildi. Biroq Belarus kuchishlatarlari Nexta telekanalining uchoqda bo‘lgan asoschilaridan biri va bosh muharriri Roman Protasevich va uning qaylig‘ini qo‘lga olishdi.  

Belarusda jurnalistga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, uni ekstremistik faoliyatda ayblashmoqda. Protasevich terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: www.dw.com

Tag‘in o‘qing
31 august 2018
«U bir og‘iz gapirmadi, yerga qarab o‘tiraverdi. Rahmim keldi, ochig‘i. Men bir bahona topib chiqib ketsam, to‘yib to‘yib yig‘lab ...
23 november 2025
Anavi Bezrukov degan arts go‘ristondi dirktri o‘richcha bilmadi degani ëmonam tegib ketibdi. Tez xapa bo‘ladigan o‘smir qizlar bo‘ladi. Darrov ...
23 august 2018
Turma boshlig‘i polkovnik Mavlonovning buyrug‘i bilan Muhammad Bekjonni nihoyat ancha yengilroq ishga, etikdo‘zlik sexiga o‘tkazishadi. U yerda jurnalist so‘zga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...