Document UZ
22 july 2025

«AQLLI VAZIR» BUYRUG‘I OQIBATI 

2024 yil oxirida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidovning huquqiy asosdan xoli buyrug‘i natijasida davlat byudjetiga 2 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Birgina qaror oqibatida o‘nlab fuqarolar ishsiz qoldi, mehnat huquqlari toptaldi va sud qarorlari bilan bu holat “tugatish emas, kamuflyaj o‘zgartirish” sifatida baholandi.

Oliy Majlis Senati tomonidan vazir Zohidov nomiga yuborilgan parlament so‘rovida mehnat qonunchiligini buzish holatlari, ularning davlat va fuqarolar manfaatiga yetkazgan zarari alohida ta'kidlangan. So‘rovda huquqbuzarliklar aniq faktlar bilan keltirilgan — ayniqsa, sud qarorlariga ko‘ra mehnat shartnomalarining asossiz ravishda bekor qilingani va buning oqibatida yuzaga kelgan moddiy va huquqiy talafotlar tilga olingan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vazirlik buyrug‘iga ko‘ra tugatilgan deb e'lon qilingan, ammo amalda u boshqa bo‘ysunuvda faoliyatini davom ettirmoqda. Jamoatchilik, ijtimoiy tarmoqlar va hatto vazirlik mutasaddilari bu vaziyatni “ishchi xuquqlarini buzish” deb baholashdi. Sud esa buni ochiq-oydin haqsizlik deb topdi — shu paytgacha 30 ga yaqin fuqaro sud orqali ishga tiklandi.

Ishga tiklangan fuqarolarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hanuzcha to‘lanmagan. Shu sababli Majburiy ijro byurosi tomonidan Migratsiya agentligining barcha hisob raqamlariga band solingan. Ya'ni, noto‘g‘ri qabul qilingan bir qaror natijasida agentlik moliyaviy bo‘g‘inda qoldi.

Parlament so‘rovida ko‘rsatilishicha, prokuratura organlari 2024 yilning o‘zida 1,1 milliard so‘mlik zararni aybdor mansabdorlardan regress tartibida undirish to‘g‘risida qarorlar chiqargan. Agar bu amaliyot davom ettirilsa, Zohidovning “tugatish” operatsiyasi ortidan kelib chiqqan zararlar ham mansabdorlar zimmasiga yuklanishi mumkin.

Kambag‘allikni qisqartirish vazifasi yuklatilgan vazir tomonidan aynan ish o‘rinlarini yo‘q qilishga xizmat qiluvchi qaror qabul qilinishi bugungi boshqaruv tizimidagi muammolarni ochiq-oydin namoyon etmoqda. Davlat manfaatiga zarar yetkazish, fuqarolar huquqini poymol etish va sud qarorlariga qarshi harakat qilish — bu holatlar javobgarliksiz qolmasligi kerak.

Tag‘in o‘qing
5 january 2025
Bugungi maqolamiz O‘zbekistondagi energetika inqirozi, Rossiyaga qaramlik va o‘tgan yilga yakun yasagan bechora o‘zbek damaschisining bir juft teshik kavushi ...
4 january 2017
Ukrain xalq artisti, “Verka Serdyuchka” taxallusi bilan sharaflanadigan 44 yashar Andrey Mixaylovich Danilko yangi yilni Toshkentda qutladi. Danilko Toshkentdagi ...
8 april 2021
Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 5 aprel kuni aeysbukda jonli chiqish qilib, “Erk” demokratik partiyasiga a'zo bo‘lib kirganini e'lon qildi ...
23 march 2016
Sudga olib kelingan Aramais Avakyan va uning 3 nafar sherigi kutilmagan bayonotlar bilan chiqishdi. Aramais Avakyan: «Men qo‘poruvchi emasman! ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...