Document UZ
10 october 2025

Hindistonda Sresan Pharmaceutical Manufacturer farmatsevtika kompaniyasi egasi hibsga olindi

Hindistonda Sresan Pharmaceutical Manufacturer farmatsevtika kompaniyasining egasi hibsga olindi.

U ishlab chiqargan yo‘tal siropini iste'mol qilgandan so‘ng kamida 19 nafar bola halok bo‘lgan.

Laboratoriya sinovlari Coldrif nomli preparat tarkibida dietilenglikol — texnik suyuqliklarda qo‘llaniladigan zaharli modda mavjudligini ko‘rsatdi. Uning kontsentratsiyasi ruxsat etilgan me'yordan qariyb 500 marta yuqori bo‘lgan.

Sirop mamlakatning bir nechta hududida taqiqlandi va politsiya jinoiy tergovni boshladi.

2023 yildan beri Hindistonda yo‘tal siroplarining eksporti Gambiya, O‘zbekiston va Kamerunda bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq xalqaro fojialar turkumidan so‘ng davlat sinovlarining qo‘shimcha bosqichidan o‘tkazilmoqda.

2022 yil oxirida O‘zbekistonda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasiga tegishli «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgandan so‘ng 60 dan ortiq bola vafot etgan. Yana yigirmaga yaqin bola nogiron bo‘lib qolgan.

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, bu preparat tarkibida ham dietilenglikol mavjud bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistondagi yangi o‘lim holatlari «dori vositalarini nazorat qilishdagi jiddiy muvaffaqiyatsizlikni» ko‘rsatayotganini ta'kidladi. Agentlik, shuningdek, zaharli preparatlar tashqi bozorga chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Hindiston dunyodagi eng yirik dori ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
8 october 2015
Afg‘on-turkman chegarasidagi xavfsizlik, O‘zbekistonning yonilg‘i ehtiyojlari va Rossiyaning kun sayin tajovuzkor tus olayotgan geosiyosati Toshkent- Ashxobod muloqotida ko‘rilishi kutilgan ...
21 january 2020
Professor Kristian Lasslett O‘tgan haftada Gulnora Karimovaga nisbatan «yopiq eshiklar ortida» yangi jinoiy ayblovlar bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Karimovaning ...
2 november 2025
2018 yilning yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga aylantirildi. Lekin ...
11 august 2018
Namangan viloyatining Uychi tumani markazida hokimlik ishchilari kesgan katta chinor daraxti yo‘lovchilardan birini bosib o‘ldirdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Vazirlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...